Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonunni ma'qulladi
Foto: AFP
Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ham muhokama qilishdi.
Qayd etilganidek, hozirgi vaqtda Vazirlar Mahkamasi faoliyati 1993 yil 6 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Biroq bu Qonun Vazirlar Mahkamasiga taalluqli vakolatlar va masalalarni, Vazirlar Mahkamasi a'zolarini tayinlash tartibini, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida hisobdorligini to‘liq aks ettirmaydi. Shu munosabat bilan bu Qonunni yangi tahrirda qabul qilish zarurati yuzaga keldi. Qonunda Vazirlar Mahkamasi maqomini, Vazirlar Mahkamasiga taalluqli masalalar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining turli sohalardagi asosiy vakolatlari nazarda tutilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining qonunchilik tashabbusi huquqi, Vazirlar Mahkamasi faoliyatini rejalashtirish va baholash, Vazirlar Mahkamasiga masalalar kiritish va ko‘rib chiqish tartibi, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida ko‘rib chiqiladigan umumiy masalalar, bu masalalarda qarorlar qabul qilish, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari turlari mustahkamlanmoqda. Vazirlar Mahkamasining Prezident va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, sud hokimiyati organlari bilan o‘zaro munosabatlariga aniqlik kiritilmoqda.
So‘zga chiqqanlar ushbu Qonun Vazirlar Mahkamasi faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida javobgarlikni oshirishga ko‘maklashadi.
Senat a'zolari mazkur Qonunni ham ma'qullashdi.
Mavzuga oid
19:07 / 13.01.2026
O‘zbekistonda sud qanchalik mustaqil va erkin? – faollar bilan suhbat
18:27 / 30.12.2025
Qozog‘istonda noan’anaviy jinsiy munosabatlar targ‘ibotini taqiqlovchi qonun imzolandi
10:20 / 26.12.2025
2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
09:47 / 20.12.2025