Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kongressni Eron bilan urush to‘xtagani haqida xabardor qildi
Kongress ruxsatisiz urush olib borish bo‘yicha AQSh prezidenti ixtiyoridagi ikki oylik muhlat yakuniga yetishi fonida, Tramp qonunchilarga rasmiy xat jo‘natdi va harbiy harakatlar otashkesim natijasida allaqachon to‘xtab bo‘lganini ma’lum qildi.
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp 1 may kuni Kongressga xat yo‘llab, Eron bilan aprel oyidagi otashkesim kelishuvi urushni to‘xtatganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Bu orqali hukumat parlamentdan bu urush uchun ruxsat olishga majbur bo‘lmaganini urg‘ulamoqda.
1973 yilgi qonunga ko‘ra, Amerika prezidenti Kongress ruxsatisiz harbiy harakatlar boshlagan taqdirda, uni 60 kundan uzoq davom ettirishi mumkin emas.
Donald Tramp joriy yil fevral oyining so‘nggi kunida boshlangan urush haqida Kongressni ikki kun o‘tib xabardor qilgan, natijada 60 kunlik muhlat rasman 1 may sanasiga kelib yakuniga yetdi.
Tramp shu kuni qonunchilarga yo‘llagan xatida otashkesim kuchga kirganidan beri tomonlar bir-biriga o‘t ochmaganini bildirgan.
“2026 yil 28 fevral kuni boshlangan harbiy harakatlar to‘xtagan”, deyiladi maktubda.
Kongressdagi demokratlar o‘t ochishning to‘xtatilishi urush tugaganini anglatmasligini ta’kidlamoqda. Ular AQSh harbiy kemalari Eron neft eksportiga to‘g‘anoq bo‘lib turganini harbiy harakatlar amalda davom etayotganini isboti sifatida keltirmoqda.
“Nizo boshlanganiga 60 kun bo‘ldi, prezident Trampda haligacha tayinli reja qilinmagan bu urushdan chiqishning yo‘li yoki strategiyasi yo‘q”, – dedi senator Jinn Sheyhin.
Tramp ham o‘z maktubida nizo bartaraf etilmagan bo‘lishi mumkinligini tan olgan va Eron haligacha AQSh va uning qurolli kuchlariga “jiddiy” tahdid bo‘lib turganini iddao qilgan.
1 may kuni Tehrondagi IRNA davlat axborot agentligi Eron tomonidan vositachi Pokiston orqali AQShga yangi kelishuv taklifi yo‘llanganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
08:23
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni «ozod etish» operatsiyasini e’lon qildi
07:31
Tramp Eronning yangi tinchlik takliflarini rad etdi
21:13 / 03.05.2026
Yaqin Sharqdagi urush NATO mamlakatlari Rossiya bilan urushga tayyor emasligini ko‘rsatdi
20:29 / 03.05.2026