Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
Ostona yaqinidagi aerodrom hududida TL-2000 samolyoti qulab tushdi. Hodisa oqibatida ikki nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi.
Qozog‘istonning Ostona shahri yaqinida yengil motorli TL-2000 samolyoti halokatga uchradi, deb xabar beradi «Kazinform».
Qayd etilishicha, 22 iyun kuni soat 11:30 larda Jolaman aerodromi hududida o‘quv-mashg‘ulot parvozini amalga oshirish vaqtida yengil motorli samolyot ishtirokida aviatsiya hodisasi sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, havo kemasi bortida ikki nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan va ularning ikkisi ham halok bo‘lgan.
Tergov qilish qoidalariga muvofiq, mazkur hodisa yuzasidan maxsus komissiya tuzilgan.
Qozog‘iston Respublikasi Transport vazirligining transportdagi hodisalar va avariyalarni tergov qilish departamenti xodimlari halokat joyiga jalb etilgan.
Ta’kidlanishicha, samolyot jismoniy shaxsga tegishli. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, may oxirlarida Kaliforniyaning San-Diyego shahrida Cessna 550 yengil motorli samolyoti turar joy dahasiga qulab tushib, keng ko‘lamli yong‘inni yuzaga keltirgan edi.
Mavzuga oid
10:04 / 14.01.2026
Qozog‘iston nefti eksportiga bog‘liq tankerlar Qora dengizda nishonga olindi
20:37 / 13.01.2026
Qozog‘iston osmonida O‘zbekiston va Rossiya samolyotlari xavfli yaqinlashgani ma’lum bo‘ldi
13:23 / 13.01.2026
Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi korxonalar: eng katta ulush savdoda
13:49 / 12.01.2026