Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoaxim Lyov Germaniya terma jamoasidan ketadi
Yoaxim Lyov Germaniya futbol terma jamoasidan o‘z ixtiyori bilan ketishga qaror qildi. U Germaniya futbol ittifoqiga minnatdorchilik bildirdi va Bundestimning muvaffaqiyatlarini e'tirof etdi.
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiysi Yoaxim Lyov 2021 yilda o‘tkaziladigan Yevropa chempionatidan keyin lavozimini tark etadi. Bu haqda Germaniya futbol ittifoqi (DFB) e'lon qildi. Lyovning shartnomasi 2022 yilgacha tuzilgandi.
«Men mamlakatning eng yaxshi futbolchilari bilan 17 yil ishladim va sportchilarning o‘sishini qo‘llab-quvvatladim», deydi murabbiy o‘z qarorini izohlab. U nafaqat terma jamoaning katta sovrinlarini, balki alamli mag‘lubiyatlarni ham yodga oldi va muntazam ravishda ideal ish sharoiti yaratib bergani uchun DFB ga minnatdorchilik izhor qildi.
Germaniya milliy jamoasi bilan ishlash jarayonida Lyov 2010 yilgi Jahon chempionatida 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2014 yilgi turnirda yorqin o‘yin ko‘rsatib, musobaqa g‘olibiga aylangandi. Undan tashqari, Bundestim Lyov boshchiligida Yevro-2008 turnirida kumush, 2012 va 2016 yilgi Yevropa chempionatlarida bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Rossiyada o‘tgan 2018 yilgi mundialda esa guruh bosqichida qolib ketgandi.
Mavzuga oid
09:20 / 31.08.2025
«Bu o‘zimizni ham chalg‘ityapti» – Kapadze murabbiylar „keldi ketdisi“ haqida
11:30 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
21:30 / 06.03.2019
«Bavariya» Lyovdan norozi bo‘ldi
10:26 / 10.12.2018