Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Timur Kapadze Ömonga qarşi öyindan keyingi matbuot anjumanida iştirok etib, milliy jamoada boş murabbiy özgarişi haqidagi xabarlar futbolçilarni ham çalğitayotganini aytib ötdi.
«Öyin davomida gollar uriş uçun imkoniyatlarimiz bor edi, ammo ulardan foydalana olmadik. Umuman köproq vaziyat yaratsak bölardi. Özi umuman olganda, bu turnirdan va 1-tur uçraşuvidan oldin bizda faqat ikkita maşğulot ötkaziş imkoni böldi. Keça va undan avvalgi kun taktik maşğulot qila oldik. Undan oldin esa tiklaniş jarayoni, qaysidir öyinçi endi keldi, boşqasi endi keladi, degan narsa bilan yurdik.
Arablar jamoasi qançalik imkoniyat bergan bölsa, şundan foydalanişga harakat qildik.
Keçirasizlar-u, undan taşqari internet tarmoğidayam murabbiylar haqida „u keldi, bu keldi“ degan xabarlar. Futbolçilar qanday „nastroy“ qiladi, hammasi telefonda ötiradi, kuzatadi. Bu bizni ham çalğityapti. Şuning uçun, ikki kun içida boriça tayyorgarlik kördik. Tayyor bolalar bilan çiqdik, yigitlar maydonda borini körsatişga intildi», – dedi Kapadze öyindan keyingi matbuot anjumanida.
Özbekiston milliy jamoasi 30 avgust kuni CAFA Nations Cup-2025 1-turi doirasida Ömon bilan durang öynadi (1:1). Xorijda töp surayotgan legionerlar, jumladan, Eldor Şomurodov, Abbosbek Fayzullayev va Jaloliddin Maşaripov hozirça jamoa ixtiyoriga yetib kelmagan.
«A» guruhidagi ikkinçi uçraşuvda ham Qirğiziston va Turkmaniston özaro durang öynadi (1:1). Özbekiston keyingi öyinni 2 sentabr kuni soat 19:30 da Turkmanistonga qarşi ötkazadi.
Sönggi vaqtlarda Özbekiston milliy jamoasi boşqaruviga xorijlik murabbiy olib kelinişi haqida xabarlar çiqmoqda. Avvaliga Özbekiston futbol assotsiatsiyasi 2014 yil Germaniyani jahon çempioniga aylantirgan Yoaxim Lyov bilan muzokaralar olib borgan, yakunda tajribali mutaxassis bu taklifni rad etgandi.
Keyinroq esa Özbekistonni 2026 yilgi jahon çempionatiga ÖFA portugaliyalik mutaxassis Paulu Bentuni milliy jamoa boş murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biri sifatida körib çiqayotgani haqida xabar tarqaldi. Uni Toşkent aeroportida ham körişgan, ammo hozirça bu muzokaralarda siljiş yöq.
Bentu turli yillarda Portugaliya va Janubiy Koreya milliy jamoalariga ustozlik qilgan, 2023-2025 yillarda BAA milliy jamoasini boşqarib, yakunda uşbu jamoani JÇ-2026 mundialiga olib çiqolmagaç, iste’foga çiqarilgandi.
Eslatib ötamiz, Timur Kapadze joriy yil 22 yanvarida Sreçko Katanets örniga milliy jamoa boş murabbiyi etib tayinlangandi. Kapadze boşqaruvida jamoa 2026 yil AQŞ, Kanada va Meksika mezbonligida ötadigan jahon çempionati saralaşining 3-bosqiçi doirasida öz uyida Qirğizistonni mağlub etdi (1:0) va mehmonda Eron bilan durang öynadi (2:2). Şuningdek, safarda aynan Bentu boşçiligidagi BAA bilan öyinda durang hisobni saqlab qolib (0:0), öz tarixida ilk marta jahon çempionatiga çiqdi.













