Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Fernando Torres og‘ir jarohat oldi
Madridning «Atletiko» futbol klubi hujumchisi Fernando Torres bosh miya-chanoq jarohatini oldi. Bu haqda jamoaning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Forvard tunni kasalxonada, shifokorlar nazorati ostida o‘tkazdi, bugun esa tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Torres Ispaniya primerasining 25-turidagi «Deportivo» bilan mehmonda kechgan uchrashuv (1:1) oxirlarida jiddiy bosh miya-chanoq jarohatini olgan. 32 yoshli futbolchi mezbonlar vakilidan biri bilan to‘qnashuvdan so‘ng boshi bilan maydonga qarab yiqilgan.
Shifokorlar Torresga besh daqiqa davomida yordam ko‘rsatishdi, so‘ngra uni maydondan zambilda olib chiqib ketishgan. O‘yinchi maydon ortidagina hushiga kelgan.
Mavzuga oid
08:49 / 28.09.2025
«Real» derbida 5 ta gol o‘tkazib yutqazdi
13:23 / 27.09.2025
Madridda derbi, «Arsenal» va «Liverpul»da qiyin safar. Hafta o‘yinlari anonsi
10:34 / 18.09.2025
Liverpulda yana drama, «Bavariya» «Chelsi»dan qasos oldi. Kun o‘yinlari
12:00 / 16.06.2025