Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jim Kerri sobiq ma'shuqasining o‘limiga aloqadorligini rad etmoqda
Hollivudlik taniqli komik aktyor Jim Kerrining fikricha, bir yil avval vafot etgan sobiq ma'shuqasi Katriona Uaytning o‘limida uni ayblash, vaziyatdan foydalanib qolishdir, deb yozmoqda People jurnali.
Uaytning turmush o‘rtog‘i Mark Berton Kerriga nisbatan da'vo arizasi topshirib, uni Uaytni turli xil giyohvand dori vositalari bilan ta'minlaganlikda ayblagandi. Bertonga ko‘ra, Kerri "Perkoset", "Ambiyen" va "Propranolol" kabi dorilarni "Artur King" nomi ostida olgan va so‘ngra ularni Uaytga bergan. Kerri, garchi Uaytning tushkunlikka tez berilishi va joniga qasd qilish niyati borligini bilgan bo‘lsa-da, shunday yo‘l tutgan.
"Men o‘zimdan va yoki men sevgan ayoldan foydalanishlariga yo‘l qo‘ya olmayman, bunga sabr ham qila olmayman. Ket bilan uchrashuvimizdan oldinroq unda muammolar bo‘lgan. Afsuski, uning fojiali o‘limini hech kim to‘xtatib qola olmadi", — deya aktyor so‘zlarini keltiradi nashr.
Kerri o‘z sha'niga nisbatan da'volarni "dahshatli sharmandalik" deb atagan va bo‘lib o‘tgan voqeadan "kimdir foydalanib qolishga barham berishiga" umid bildirgan.
Bir yil muqaddam, Kaliforniya politsiyasi Katriona Uaytning jasadini uning uyida topishgan edi. OAV Katriona o‘limidan bir necha soat avval Kerri bilan munosabatlariga chek qo‘ygan. Bu vaqtda Uayt aslida Mark Berton bilan qonuniy nikohda bo‘lgan.