Afsonaviy amerikalik aktrisa Dayan Kiton 79 yoşida Kaliforniyadagi uyida vafot etdi, deb xabar berdi uning oilasi Amerikaning People portaliga. New York Times manbasi ham aktrisaning vafotini tasdiqladi. Uning ölimi sabablari noma’lum, biroq aktrisa sönggi bir neça oy mobaynida omma oldida köriniş bermayotgandi.

Asli ismi-şarifi Dayan Holl bölgan aktrisa 1946 yilda Los-Anjyelesda tuğilgan, 1970 yilda «Lyubovniki i drugiye neznakomsy» komediyasida debyut qilgan. Aktrisa Frensis Ford Koppolaning «Çöqintirgan ota» (1972) filmidan keyin maşhurlikka erişgan, bu filmda u boş qahramon, Al Paçino ijrosidagi Maykl Korleonening rafiqasi Key Adams rolini öynagandi. Keyinroq filmning ikki sikvelida ham qatnaşgan.

U ötgan asrning 70-yillarida Vudi Allen bilan hamkorlik qila boşlaydi hamda uning «Sevgi va ölim» (1975) va «Enni Holl» (1977) kabi filmlarida suratga tuşadi. 1977 yilda aynan «Enni Holl» filmidagi roli uçun eng yaxşi aktrisa sifatida «Oskar» mukofotiga sazovor böladi.

U, şuningdek, «Qizillar» (1981), «Marvin xonasi» (1996) hamda «Qoidalar va qoidasiz sevgi» (2003) filmlaridagi rollari uçun «Oskar»ga nomzod bölgan.

Kiton yana bir qator film va seriallarda, jumladan, «Dorini qidiriş», «Kitob klubi», «Oilaviy toş», «Çunki men şuni xohlayman» kabilarda rol öynagan.

Dayan Kiton 1970-yillarda «Çöqintirgan ota» filmlarida Key Adams-Korleone roli bilan maşhur bölgandi, u boş qahramon Maykl Korleone (Al Paçino)ning rafiqasi rolini öynagan
FilmPublicityArchive/United Archives via Getty Images

Hollivuddagi hamkasblari bilan işqiy munosabatlar haqidagi miş-mişlarga qaramay, Dayan Kiton heç qaçon turmuşga çiqmagan.

U ikki bola asrab oladi: 1996 yilda asrab olgan qiziga «Filadelfiya hikoyasi» filmida Keri Grant öynagan personaj şarafiga Dekster ismini qöygan.Tört yil ötib asrab olgan öğlini Dyuk deb atagan. «Onalik meni butunlay özgartirib yubordi», – degandi u öşanda.

Dayan Kiton asrab olgan farzandlari Dyuk hamda Dekster bilan «Kitob klubi» filmi premerasida, Paramount Pictures kompaniyasining Regency Village teatridagi studiyasida, 2018 yil 6 may, Vestvud, Kaliforniya
Axelle/Bauer-Griffin/FilmMagic