Amerikalik aktyor Keri-Hiroyuki Tagava 75 yoşida vafot etdi. Bu haqda Deadline naşri uning oila a’zolariga asoslanib xabar bermoqda.
Tagava Santa-Barbaradagi (Kaliforniya ştati) uyida, öz farzandlari davrasida insult asoratlari tufayli vafot etgan.
Keri-Hiroyuki Tagava 1950 yilda Tokioda tuğilgan. Uning otasi Amerika armiyasida xizmat qilgani tufayli oila tez-tez köçib yurişiga töğri kelgan, yakunda Kaliforniyada muqim örnaşgan. Tagavaning onasi Yaponiyada teatr aktrisasi edi va farzandidan aktyorlik kasbini tanlamaslikni söragan. Tagava öz aktyorlik faoliyatini 36 yoşga çiqqanida boşlagan.
Tagava rejissyor Bernardo Bertoluççining 1987 yilda işlangan «Sönggi imperator» filmidagi ijrosi bilan tanila boşlagan. Bu kartina «Eng yaxşi film» yönalişida Oskar mukofotini qölga kiritgan. 1995 yilda öyin motivlari asosida işlangan Mortal Kombat («Ajalvor jang») filmidagi afsungar Şan Tsun rolidan keyin esa katta maşhurlikka erişadi. Keyinroq «Ajalvor jang: Meros» (2013) va «Ajalvor jang X: Avlod» (2015) seriallaridagi epizodlarda bu rolga qaytadi.
Tagava Tekken videoöyini asosida suratga olingan «Tekken» va «Tekken 2» filmlarida ham yovuz qahramon Heyxati Misimu rolini ijro etgan. Aktyorning boşqa maşhur filmlari qatorida «Qotillik uçun litsenziya» (Licence to Kill), «Kötarilayotgan quyoş» (Rising Sun), «Perl-Harbor», «Maymunlar sayyorasi», «47 ronin»,
«Geyşaning memuarlari» kabilarni sanaş mumkin.

















