Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hollivudda Toshkent viloyati vakolatxonasi ochildi
Florida shtatidagi vakolatxona viloyatning iqtisodiy, madaniy va turistik salohiyatini AQShda keng targ‘ib etish uchun tashkil qilingani ta’kidlanmoqda.
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
AQSh Florida shtatining Hollivud shahrida Toshkent viloyati vakolatxonasi ochildi. Tadbirda AQSh safarida bo‘lib turgan Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev ishtirok etdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Toshkent viloyatining xalqaro iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning yangi imkoniyatlarini yaratish ekani ta’kidlanmoqda.

«Yangi vakolatxona viloyatning iqtisodiy, madaniy va turistik salohiyatini AQShda keng targ‘ib etish, shuningdek, amerikalik biznes hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishda muhim platforma vazifasini bajaradi. Toshkent viloyati va Hollivud shahri o‘rtasida bir qancha yo‘nalishlarda qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu borada mazkur vakolatxona orqali viloyatdagi tadbirkorlar va eksportyorlar uchun AQSh bozoriga chiqishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida hamkorlik ko‘priklarini yaratish ko‘zda tutilgan», deyiladi xabarda.
Florida shtatidagi Hollivud shahriga (Los-Anjyelesdagi mashhur Hollivud rayoni bilan nomdosh) 1925 yilda asos solingan va taxminan 200 ming aholi istiqomat qiladi.
Mavzuga oid
17:16 / 24.02.2026
AQSh sharqiy sohilida rekord darajada qor: 5 mingdan ortiq reyslar bekor qilindi
12:46 / 24.02.2026
Epshteyn bilan do‘stlik to‘lovi: fayllar e’lon qilinishi kimlarga qimmatga tushdi?
10:51 / 24.02.2026
AQSh va RF Jyenevada yadroviy qurollar bo‘yicha shartnomani muhokama qildi
09:15 / 24.02.2026