Shavkat Mirziyoyev Rossiya bilan hamkorlikda kam quvvatli AES qurilishi haqida gapirdi
“Agar biz O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichiga chiqish istiqbollari haqida o‘ylasak, katta miqdordagi uran zaxiralariga ega va uni uchinchi davlatlarga eksport qilayotgan mamlakatimiz uchun bu loyiha hayotiy ahamiyatga ega”, – dedi O‘zbekiston prezidenti.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha brifingda energetika sohasidagi strategik hamkorlikni kuchaytirish haqida gapirib o‘tdi.
O‘tgan yili Rossiya tabiiy gazini O‘zbekistonga yetkazib berish boshlangan edi. Bugungi muzokaralar davomida gaz, neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va mahalliy korxonalar negizida uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha loyihani amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolandi.
“Dunyodagi deyarli barcha yetakchi davlatlar o‘z energetik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini atom energetikasi hisobiga ta’minlamoqda. Agar biz O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichiga chiqish istiqbollari haqida o‘ylasak, katta miqdordagi uran zaxiralariga ega va uni uchinchi davlatlarga eksport qilayotgan mamlakatimiz uchun bu loyiha hayotiy ahamiyatga ega”, – dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Avvalroq Rossiya hukumati O‘zbekistonda 2,4 GW quvvatli yirik atom elektr stansiyasi bilan birga, har birining quvvati 55 MWgacha bo‘lgan 6 ta reaktordan iborat kichik AES ham qurmoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:31
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
21:50 / 17.11.2024
Berlinda Rossiya muxolifati tomonidan uyushtirilgan urushga qarshi marsh bo‘lib o‘tdi
14:56 / 17.11.2024
Ijrosini 11 yil kutgan “hukm”: 18 yoshli chechen qizni zo‘rlab o‘ldirgan rossiyalik zobit taqdiri haqida
22:10 / 16.11.2024