Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Radar va kameralar o‘rnatish joylari savdoga chiqarilishi boshlandi
Vazirlar Mahkamasining joriy yil 21 apreldagi 232-son qarori asosida radar va kameralar o‘rnatish joylari "E-auksion" savdo maydonchasi orqali sotilishi belgilangan. Ushbu qarorga asosan onlayn-auksionlar Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan reglament asosida tashkil etiladi.
IIV YHXBB xabariga ko‘ra, obekt onlayn-auksionda g‘olib bo‘lgan tadbirkorga mulk huquqi asosida cheklanmagan muddatga, boshqa tadbirkorlarga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi. Lotning joy dislokatsiyasi, hududdagi transport oqimi va oxirgi 2 yilda aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma'lumotlar ochiq e'lon qilinadi.
Hozirda:
- Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 4 ta intellektual videokamera va 2 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan;
- Xorazm viloyati, Xiva shahrida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 4 ta intellektual videokamera va 1 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan;
- Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 1 ta intellektual videokamera va 1 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan;
- Ma'lum qilinishicha, yaqin fursatlarda boshqa hududlardan ham bu singari huquqlarning savdoga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
14:27 / 23.12.2025
«Samarador» MChJ Transport vazirligi binosini sotib oldi
07:58 / 18.12.2025
450 mln dollarlik rekord: auksionlardagi eng qimmat 20 ta san’at asari
18:39 / 05.12.2025
Kimoshdi savdosida eng qimmat narxda sotilgan avtomobil ma’lum bo‘ldi
14:56 / 29.10.2025