Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asakabankning Toshkentdagi binosi 187,7 milliard so‘mga sotildi
Asakabankka tegishli bo‘lgan Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi bino ochiq elektron auksion orqali 187,7 milliard so‘mga sotildi. Uni “Modern City Construct” MChJ xarid qildi.
Foto: e-auksion.uz
Asakabank AJning Yakkasaroy tumanidagi binosi onlayn auksionda 187,7 milliard so‘mga sotildi. Bu haqdagi ma’lumot E-auksion platformasiga joylashtirilgan.
Lot Yakkasaroy tumani Muhandislar mahallasi Muqimiy ko‘chasida joylashgan. Obektning umumiy maydoni 109,35 sotixni, bino joylashgan hudud esa 67,08 sotixni tashkil etadi.
Bino Asakabank AJ Kuzatuv kengashining 2024 yil 4 noyabrdagi 31-sonli va bank boshqaruvining 2024 yil 25 oktyabrdagi 1025-01-sonli qarorlari asosida auksionga qo‘yilgan.
Auksionda boshlang‘ich narx 178,7 milliard so‘m etib belgilangan, savdo narxni oshirish yo‘li bilan o‘tkazilgan.
Xaridor — “Modern City Construct” MChJ, 2017 yilda Toshkent shahri Yunusobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan. Kompaniya turar joy binolari qurilishi bilan shug‘ullanadi. Ustav kapitali 77,1 milliard so‘mni tashkil etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, korxonaning 100 foiz ulushi Kuchkarova Xosiyat Karimovnaga tegishli.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda Xalq bankining sobiq bosh ofisi qariyb 120 mlrd so‘mga sotilgandi. 2023 yilda esa Aloqabankdan kredit olgan kompaniya AKT vazirligi va Aloqabank binolarini xarid qilgandi.
Mavzuga oid
17:03 / 28.10.2025
O‘zbekistonga “begona” mashina – qarovsiz qoldirilgan Nissanʼning sarguzashtlari
10:38 / 15.10.2025
Mahalla raislariga davlat mulkini auksionga chiqarishga ruxsat berildi
10:53 / 06.09.2025
Yer uchastkalarini sotish tartibi soddalashtirildi
20:11 / 21.08.2025