Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkor oldidagi qarzini vaqtida uzmaganlar penya to‘laydi
O‘zbekistonda moddiy zarar yoki qarzdorlik sud qarorida belgilangan muddatda qoplab berilmagan taqdirda, kechiktirilgan har bir kun uchun penya undirish (astrent tizimi) joriy etiladi. “Har bir kechikkan kun tadbirkorning zarariga ishlamoqda”, dedi prezident. Tadbirkorlar iqtisodiy va ma’muriy sudlarga eksterritorial tartibda murojaat qilishi mumkin bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda moddiy zararni undirish bo‘yicha sudlar qarorlari ijrosi kechikayotgan holatlarga e’tibor qaratdi.
Aslida, undirilishi kerak bo‘lgan qarzdorlikning har bir kechikkan kuni tadbirkorning zarariga ishlamoqda, dedi davlat rahbari.
Shuning uchun xalqaro tajriba asosida astrent tizimi joriy qilinadi. Bunda moddiy zararni qoplash kechiktirilgan har bir kun uchun qarzdor hisobidan penya undirish sud qarorida aniq belgilab qo‘yiladi.
Shuningdek, endilikda tadbirkorlar iqtisodiy va ma’muriy sudlarga eksterritorial tartibda murojaat qilishi mumkin bo‘ladi.
“Barcha islohotlarimiz negizida, eng avvalo, inson qadri, tadbirkorlarimizning manfaatlari yotibdi. Shu bois sud mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qat’iy siyosat olib boramiz. Bugungi tadbirkor, bu – kechagi tadbirkor emas. Ularning huquqiy savodxonligi oshganini sudlarga murojaat ko‘payganida ham ko‘rish mumkin”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Investitsiya kodeksini qabul qilish vaqti kelganini aytdi.
“To‘g‘ri, bizda investitsiyaviy munosabatlarni tartibga solish, sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilish va ularga sharoitlar yaratish bo‘yicha yuzlab hujjatlar bor. Bularni hammasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan yagona qonunga birlashtirib, Investitsiya kodeksini qabul qilish vaqti keldi.
Bu hujjat investitsiya sohasidagi barcha qoida, kafolat va tartib-taomillarni bir tizimga solib, investitsiyalarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi”, – dedi davlat rahbari.
Kodeksda an’anaviy sarmoyalar bilan birga venchur, bond, kraudfanding, startap kabi zamonaviy investitsiya vositalari ham qamrab olinadi.
Mavzuga oid
19:35 / 25.12.2025
Akmal Shukurovni ozodlikka chiqarib yuborgan sudyalar ishdan olindi
18:28 / 25.12.2025
“Credit House” ishida sud boshlandi: birinchi kun qanday o‘tdi?
18:56 / 22.12.2025
“Credit House” ishi bo‘yicha sud boshlanmoqda
18:18 / 18.12.2025