Sport | 06:54 / 10.07.2022
44863
2 daqiqa o‘qiladi

Madrimov va Soro o‘rtasidagi jang yana muddatidan oldin yakunlandi, fransiyalik bokschining qoshi yorildi

Isroil Madrimovning Mishel Soroga qarshi revansh jangi durang natija bilan yakunlandi.

Dastlabki ikki raundda Madrimov nisbatan faolroq harakat qildi. 3-raund boshida fransiyalik bokschining qoshi yorilishi natijasida jang muddatidan avval yakunlandi va 12 raundga mo‘ljallangan bahsda hakamlar texnik durang natija qayd etishdi.

Professional boks qoidalariga ko‘ra, jang 4 raunddan ochgan taqdirda ochkolar hisoblanishi mumkin edi. Jang uchinchi raundda yakunlangani uchun natija bekor qilindi va g‘olib aniqlanmadi.

Eslatib o‘tamiz, ikkala bokschi 2021 yili 17 dekabrda Toshkentda ringda kuch sinashishgan va rasmiy qarorga ko‘ra, Madrimov texnik nokaut bilan g‘alaba qozongan edi. Jangning 9-raundida Soro gong ovozini eshitmagan Madrimovning bir necha zarbalarini o‘tkazib yuborishi natijasida referi texnik nokaut qayd etgandi. Bundan norozi bo‘lgan Soro jamoasi tashkilotga revansh berilishini so‘rab murojaat qilgandi. WBA Soro jamoasi so‘rovini qabul qilgan va Madrimovga revansh jangida ishtirok etish majburiyatini qo‘ygandi.

Mavzuga oid