Birinçi örta vaznda sobiq jahon çempioni Isroil Madrimovning 21 dekabr kuniga belgilangan jangi ötkazilmaydi. Bu haqda Özbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 29 yoşli Madrimov şu kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoz şahrida ukrainalik Sergey Bogaçukka qarşi ringga çiqişi kerak edi. Ammo Isroilning betobligi, ya’ni ötkir bronxit bölgani sababli jang bekor qilingan.
Ta’kidlanişiça, Madrimovning örnini britaniyalik boksçi Ismael Salas egallaydi. Madrimov esa endi 22 fevral kuni WBC vaqtinçalik çempioni Verjil Ortisga qarşi keçadigan jangga tayyorgarlik köradi.
Ma’lumot örnida, Madrimov (10-1-1) oxirgi jangini 4 avgust kuni amerikalik Terens Kroufordga qarşi ötkazib, oçkolar hisobiga köra mağlub bölgandi. 29 yoşli Bogaçuk (24-2-0) esa sönggi jangida amerikalik Verjil Ortisga yutqazgan.

















