Saudiya Arabistonida navbatdagi professional boks keçasi ötkazildi. 

Oqşomda super yarim örta vaznda WBC Interim kamari uçun ham çempionlik jangi ham bölib ötdi. Unda özbekistonlik Isroil Madrimov (10-2-1, 7 KO) vaqtinçalik çempion Virjil Ortisga (23-0, 21 KO) qarşi ringga kötarildi va jang töliq 12 raund davom etdi. Yakunda hakamlarning barçasi oçkolar böyiça amerikalik 26 yoşli boksçining ğalabasini qayd etişdi — 111:117, 113:115, 113:115. 

Şu tariqa Madrimov qatorasiga ikkinçi çempionlik jangini oçkolar soniga köra boy berdi. 

30 yoşli boksçi bungaça 4 avgust kuni Los-Anjyelesda amerikalik Terens Kroufordga oçkolar böyiça yutqazib, kamarni boy berib qöygandi.

Madrimovning tayyorgarlik jarayonlarini kuzatgan manba Tribuna.uzʼga xabar berişiça, 30 yoşli boksçi bir neça oy avval kuçli gripp bölgan va şundan söng özining optimal sport formasiga qaytişga qiynalgan. U janggaça bölgan sparringlarda ham özini yaxşi his qilmagan.