Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiyadan qanday qurol-yarog‘lar sotib olishni aniqlab oldi
O‘zbekiston hukumati Rossiyadan sotib olinishi mo‘ljallangan qurol-yarog‘lar va harbiy texnikalarning asosiy turlari ro‘yxatini tuzib chiqdi, deb yozadi «Kommersant'» harbiy-texnik hamkorlik sohasidagi manbalariga tayanib. Ro‘yxatga harbiy va harbiy-transport vertolyotlari, zirhli texnika, o‘qotar qurollar va o‘q-dorilar kiritilgan.
Toshkent shuningdek ko‘p funksiyali qiruvchi samolyot Su-30SMga qiziqish bildirgan. Bunday samolyotlar ishlab chiqariladigan Irkutsk aviasozlik zavodi ishlab chiqarish quvvatlari bilan O‘zbekiston qurolli kuchlarining yuqori martabali amaldorlaridan iborat delegatsiya avgust oyida tanishishgan edi, 20 sentabr kuni esa ikki mamlakatning harbiy-texnik hamkorligi istiqbollari RF xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning o‘zbek hamkasbi Viktor Mahmudov bilan uchrashuvida muhokama etilgan edi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida sovet davridan qolgan harbiy texnika — T-62 va T-72 tanklarining ta'miri haqida ham so‘z borgan.
Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylangach 2016 yilda harbiy-texnik hamkorlik haqidagi shartnoma imzolangan, keyinchalik u ratifikatsiya qilingan. Ushbu shartnomaning shartlariga ko‘ra, O‘zbekistonga misli ko‘rilmagan imtiyozlar taqdim etilgan, jumladan KXShT a'zosi bo‘lmay turib, O‘zbekiston qurol-yarog‘larni tijorat narxlarida emas, Rossiya ichki narxlarida xarid qiladi. Misol uchun, Qozog‘iston Rossiyaning Su-30SM qiruvchi samolyotlarini xarid qilishda shunday imtiyozlardan foydalanadi.
O‘zbekiston tomonidan ro‘yxat shakllantirilgani tez orada shartnomalar imzolanishini bildirmaydi. Nashr suhbatdoshining qayd etishicha, «bungacha hali ancha bor». «Hozircha ularning istaklari ro‘yxati juda katta, hattoki ularning imkoniyatlari va ehtiyojlaridan ham ortiqroq, biroq bulardan biror narsa xarid qilinishi borasida kafolat yo‘q», — degan «Kommersant'» manbasi.
Mavzuga oid
14:50 / 28.10.2025
Turkiya Britaniyadan 10 milliard dollarga Eurofighter Typhoonʼlar sotib oladi
12:26 / 31.07.2025
AQShda F-35 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
12:01 / 23.07.2025
Ukrainada Mirage 2000 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
19:02 / 09.07.2025