Ukrainada parvoz missiyasini bajargan Mirage 2000 qiruvçi samolyotining samolyot jihozlari işlamay qoldi, deb xabar qildi Ukraina havo kuçlari 22 iyul, seşanba kuni keçqurun Telegramʼda. Uçuvçi katapultani amalga oşirgan, uning ahvoli barqaror, deyiladi postda.
«Yerda qurbonlar yöq. Aviatsiya halokati sabablarini aniqlaş uçun maxsus komissiya tayinlandi», — deya ta’kidladi Ukraina havo kuçlari. Postda voqea Ukrainaning qaysi hududida sodir bölganiga aniqlik kiritilmagan. Matbuot ma’lumotiga köra, gap mamlakat ğarbidagi Volin viloyati haqida ketyapti.
Ayni vaqtda Ukraina havo kuçlari vakili, polkovnik Yuriy Ignat «Ukrainskaya pravda» internet naşriga bergan intervyusida uçuvçining «samolyotni boşqariş imkoni bölmadi, biroq bor imkoniyatlardan foydalanib, samolyot aholi punktlaridan uzoqroqqa, kimsasiz joyga yönaltirildi» degan sözlarini yetkazdi.
«Dunyoda samolyotlarning nosozlik holatlari uçrab turadi, şuning uçun komissiya uşbu aviahalokat sabablarini aniqlaydi», deb qöşimça qildi Ignat.

















