O‘zbekiston | 08:40 / 16.03.2026
7325
1 daqiqa o‘qiladi

Muzaffar Komilov Prezident administratsiyasida yangi lavozimga tayinlandi

O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Muzaffar Murodovich Komilov Prezident administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Foto: Kun.uz 

Muzaffar Komilov davlat boshqaruvi, diniy-ma’rifiy sohalar va ta’lim tizimida katta tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. U turli yillarda bir qator mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Jumladan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Shuningdek, u Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Komilov 2022 yildan boshlab O‘zbekiston prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida ham ishlagan.

Bundan tashqari, u O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori sifatida ham faoliyat yuritgan va diniy-ma’rifiy ta’lim hamda ilmiy tadqiqotlar sohasidagi ishlarga rahbarlik qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid