Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jasur Tursunov Qarshi tumanining yangi hokimi sifatida ish boshladi. U bunga qadar Chiroqchi tumani prokurori lavozimida edi.
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Jasur Sanjarovich Tursunov Qarshi tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar bermoqda.
Jasur Tursunov 1979 yil Kasbi tumanida tug‘ilgan, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Faoliyati davomida Mirishkor va Shahrisabz tumanlari prokurori bo‘lib ishlagan, tayinlovga qadar Chiroqchi tumani prokurori edi.
Viloyat hokimligi matbuot kotibi Ahror Sodiqovning aniqlik kiritishicha, tumanning avvalgi hokimi Zoir Aliqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. U bu lavozimda 2023 yil oktyabridan buyon ishlayotgandi.
Mavzuga oid
18:58 / 28.03.2026
Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi direktori tayinlandi
09:40 / 18.03.2026
Fazliddin Salomov Ekopolitsiya boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
08:40 / 16.03.2026
Muzaffar Komilov Prezident administratsiyasida yangi lavozimga tayinlandi
13:14 / 28.02.2026