Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fazliddin Salomov Ekopolitsiya boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
Prezident administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Fazliddin Ibodullayevich Salomov Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Foto: Kun.uz
Ma’lum qilinishicha, mazkur tayinlov ekologiya sohasida davlat nazoratini yanada kuchaytirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan tizimli islohotlar doirasida amalga oshirildi.
Fazliddin Salomov 1966 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lib, 1990 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Shuningdek, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini ham bitirgan.
U davlat boshqaruvi tizimida ko‘p yillik tajribaga ega. 2011 yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
So‘nggi yillarda mamlakatda ekologik nazoratni kuchaytirish maqsadida Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tashkil etilgan bo‘lib, u atrof-muhitni muhofaza qilish va qonunbuzilishlarning oldini olishda muhim o‘rin tutadi.
Mavzuga oid
18:38 / 07.04.2026
Qurilish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21:39 / 01.04.2026
Prezident Xalq qabulxonasiga yangi boshliq tayinlandi
11:39 / 01.04.2026
Prezident yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha yangi vazifalarni belgiladi
09:13 / 01.04.2026