Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telman Ismoilov Putinga xat yozganini rad etdi
Foto: Foto: Sergey Nikolayev / TASS
Moskvadagi «Cherkizovskiy» bozorining sobiq egasi Telman Ismoilov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yozgani haqidagi ma'lumotlarni inkor etib chiqdi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.
U bu ma'lumotni provokatsiya deb atadi.
«Sizga shuni aytmoqchimanki, bunday maktub yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Qolgan hammasi - yolg‘on», - deya ma'lum qildi Ismoilov.
Avvalroq, qator OAV huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbalarga tayangan holda Ismoilov Putinga maktub yozgani haqida xabar bergandi. Unda aytilishicha, «sobiq hamkorlar unga qarshi hujum boshlab, moliyaviy ahvoliga jiddiy zarar yetkazishdi».
Shuningdek, Ismoilov Rossiyada o‘ziga qarshi ochilgan jinoiy ishlarni izohladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha jinoiy ishlar yolg‘on ma'lumot ortidan qo‘zg‘atilgan. Bundan avval Rossiya Tergov qo‘mitasi tadbirkor Telman Ismoilovni qotillikda ayblab, qamoqqa olish tarzida ehtiyot choralarini tanlagandi.
Mavzuga oid
22:33 / 09.01.2026
Tramp Putinga sabr-toqati tugayotgani haqida signallar yubormoqda – OAV
09:26 / 05.01.2026
Tramp RFning Putin qarorgohiga zarba berilgani haqidagi bayonotiga ishonmayapti
22:02 / 01.01.2026
RF Mudofaa vazirligi «Putin qarorgohiga hujum» bo‘yicha dalillarga egaligini da’vo qildi
14:05 / 31.12.2025