Xo‘jayev: O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini YeIga eksport qilishda hamon muammolarga duch kelmoqda
O‘zbekistonlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qiluvchilar Yevropa Ittifoqi bozorlariga kirishda hamon cheklovlarga duch kelmoqda, deya xabar berdi tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev.
«Sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma kuchga kirganiga yaqinda bir yil to‘lishiga qaramay, Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar bojxona xizmatlari o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berishda hamon qiyinchilik tug‘dirmoqda», - dedi vazir YeI delegatsiyasi bilan Toshkentdagi uchrashuvda.
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan to‘qimachilik mahsulotlarining ikki tomonlama savdosiga oid kelishuvni amalga oshirishga ko‘mak berilishidan manfaatdor, deya ta'kidlab o‘tdi u.
«Shu munosabat bilan, Yevropa tomoni «to‘qimachilik bayonnomasi» bandlarini Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar bojxona xizmatlari va hukumatlari xodimlariga yetkazishda yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi», - deya qayd etib o‘tishgan vazirlik matbuot xizmatida.
2017 yil 1 iyulda rasmiy ravishda kuchga kirgan O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi «to‘qimachilik bayonnomasi» o‘zbek ishlab chiqaruvchilariga soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etishni, shuningdek, Yevropa bozorlariga to‘siqsiz kirishni nazarda tutadi.
Mavzuga oid
20:41 / 28.11.2024
Gurjiston hukumati 2028 yil oxirigacha YeIga qo‘shilish bo‘yicha muzokara o‘tkazmasligini bildirdi
12:01 / 27.11.2024
Yevropa Ittifoqida velosiped ishlab chiqarish hajmi kamayib bormoqda
14:48 / 24.11.2024
London YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda
17:43 / 21.11.2024