Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijdan jalb qilingan ayrim mutaxassislarga ishlashga ruxsatnoma to‘lovi 10 mln so‘mdan 330 ming so‘mga tushiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Davlat rahbari mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida nutq so‘zlamoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ma’lum qilinishicha, kichik biznes markazlari ko‘magida loyiha tashabbuskori va yirik davlat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalari o‘rnatiladi. Bunda yangi korxonalarda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, xodimlar malakasini oshirish va mahsulotini realizatsiya qilishga markazlar yordam beradi.
Shu bilan birga, ushbu korxonalarga davlat xaridlari tizimida o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni 2 yil davomida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma bilan sotishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, kichik biznes markazlarini boshqarishga xususiy sheriklar jalb qilinadi. Ushbu tadbirkorlarga “Biznesni rivojlantirish banki”ga ulushdor bo‘lib kirish huquqi beriladi.
Markazlarga xorijiy mutaxassislar olib kelinadi. Bunda biznes-konsultant, muhandis-texnolog, dizayner, mehmonxona boshqaruvchisi, marketolog, agronom, veterinar, urug‘shunos kabi xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga O‘zbekistonda ishlash uchun ruxsatnoma berish muddati hozirgi 1 yildan 3 yilga uzaytiriladi. Ishlashga ruxsatnoma to‘lovi esa hozirgi 10 million so‘mdan 330 ming so‘mga tushiriladi. Ularga hududiy mehnat organidan ishga jalb etish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa olish talab qilinmaydi.
Mavzuga oid
19:17 / 26.08.2025
Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
14:58 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi
13:48 / 21.08.2025
Dehqon bozoridan xaridlar qiladigan tadbirkorlarga yengillik yaratiladi
16:52 / 20.08.2025