Özbekistonda quyoş paneli örnatgan tadbirkorlar ehtiyojidan ortiq işlab çiqargan elektr energiyasini davlatga sotiş narxi 1 kWh uçun 800 sömdan 250 sömgaça pasaytirilişi mumkin.

4 may kuni Liberal-demokratik partiyaning tadbirkorlar bilan uçraşuvida biznes vakillaridan biri şu haqda savol berdi:

“Zavodimizga 350 kW quyoş panellari örnatganmiz. Hozir yana 350 kW qöyiş niyatidamiz. Hozirgi qonunçilik böyiça orttirilgan elektrni davlatga 800 sömdan sotyapmiz. Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda şunaqa hujjat loyihasi yuribdi: endi tadbirkorlar orttirilgan elektrni 250 sömdan sotişga majbur bölar ekanmiz.

Nimaga davlatdan sotib olsak, 1000 sömdan sotib olamiz, agar sotsak 250 sömdan sotamiz – qani bu yerda adolat? Şu töğrimi? [...] Endi 250 sömdan sotiş iqtisodiy tomondan bizga qançalik töğri keliş-kelmasligini öylab qoldik”.

Deputat Bobur Bekmurodov Qonunçilik palatasidagi tegişli qömita bu masala ustida iş olib borişini aytdi.

“Bu masaladan xabarimiz bor, qömitada örganişni boşlaganmiz. Milliardlab pul sarflab, quyoş panellarini örnatgan tadbirkorlar bor. Bundan taşqari, pullarni öz vaqtida bermaslik va boşqa byurokratik tösiqlar ham bor. Birinçidan, biz muammoning kölamini aniqlab olişimiz kerak. Çunki butun respublika böylab “800 sömdan sotar ekanman” degan işonç bilan, risk qilib şu biznesga pul tikkanlar kam emas. Buning kölamini aniqlab olişimiz kerak. Agar 250 sömdan belgilanadigan bölsa, bu qanday ta’sir qiladi? Buni albatta aniqlaşimiz kerak.

Ikkinçi navbatda, qömita sifatida nima uçun aynan 250 sömligi, buning kalkulyatsiyasini ham körişimiz kerak. Tadbirkorlardan 250 sömdan olsa, boşqa işlab çiqaruvçilardan neça puldan oladi, oradagi farq mutanosibmi yoki yöqmi, degan çuqur masalalar bor. Albatta, bularni örganamiz”, – dedi u.

Bekmurodov panel örnatgan tadbirkorlardan elektr energiyasini 800 sömdan sotib oliş böyiça davlat uzoq yillik majburiyat olmaganini qöşimça qildi.

ÖzLiDeP raisi Aktam Hayitovning e’tirof etişiça, tadbirkorlar nafaqat avvalboşdan belgilangan “öyin qoidalarining özgarişi”, balki mavjud qoidalar doirasida davlat öz majburiyatlarini yetarliça bajarmasligi: xarid qilingan elektr uçun tölovni öz vaqtida tölamasligi muammosi bilan yuzlaşib turibdi.