Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy kartasiga tez-tez P2P o‘tkazmalar orqali mablag‘ qabul qiluvchi shaxslar soliq idoralariga chaqirilayotgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi.
“Masalan, bir kishida uch yil ichida 2,5 mingta P2P tranzaksiya bo‘lgan. Unga izoh berish uchun oyma-oy nechta va qancha summadagi tranzaksiyalar bo‘lgani ko‘rsatilgan hujjatni taqdim etishgan. Kartasining yillik aylanmasi 500 mln so‘mdan oshgan odamlar ham chaqirilgan holatlar bor”, – deya yozdi Telegram'dagi “Potrebitel.Uz” kanali.
Internetda P2P orqali savdo tushumlarini yashirishda gumonlangan tadbirkorga soliq organi tomonidan yuborilgan ogohlantirish xatining surati aylanmoqda.

Xatda yozilishicha, fuqaro savdo tushumlarini shaxsiy bank kartasiga qabul qilish orqali soliq bazasini yashirgani “soliq organida mavjud ma’lumotlar hamda tashqi manba ma’lumotlari asosida” aniqlangan.
Xatda jismoniy shaxsning 2025 yil yanvar–noyabr oylaridagi P2P aylanmasi summasi ko‘rsatilgan.
“Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) – yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 138-moddasiga muvofiq, mazkur tuztishlar kiritish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoxud tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishingiz shart.
Diqqat: Soliq kodeksining 21-moddasiga asosan, soliq to‘lovchilar soliq solish obektlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish xuquqiga ega”, – deyiladi ogohlantirishda.
Xatning bir nusxasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Yunusobod tuman bo‘limiga ham yuborilgan.
Qo‘mita bayonoti












