«Ijtimoiy himoyaga muhtoj bölgan, biroq qandaydir sababga köra ehtiyojmand oilalar röyxatiga kiritilmagan yoxud röyxatga kirgan bölsa-da yordam olmagan fuqarolar birinçi navbatda özlari yaşayotgan mahallaning raisiga murojaat qilişlari kerak. Agar mahalla raisi fuqaroning murojaatiga heç qanday reaksiya bildirmasa, qoniqarli javob bermasa, u holda mazkur hududga mas'ul bölgan sektor rahbariga murojaat qiliş kerak.
Bugungi kunda tumanlarda boşqaruv sektorlarga ajratilgan. Bular – tuman hokimi, prokurori, IIB va DSI boşliqlari. Moddiy yordam pullari tarqatilişi ham viloyatdagi 4 ta sektor rahbari orqali quyi tizimlardagi sektor rahbarlari zimmasiga yuklatilgan. Ular mutasaddi idoralar tomonidan şakllantirilgan ehtiyojmand va kömakka muhtoj oilalarning röyxatlari asosida naqd pullarni bankdan olib, özlarining aholiga şaxsan topşirişlari şart. Joylardagi mas'ullar işlarning natijasi böyiça viloyatdagi 4 ta sektor rahbariga axborot berişadi, buning uçun hisobdorlik belgilangan. Şu sababli mazkur jarayonda qandaydir muammo, tuşunmovçilik yuzaga kelsa, ularga murojaat qilgan ma'qul.
Bundan taşqari, viloyat va tuman hokimliklari qoşida hokimlarning iqtisodiy masalalar böyiça birinçi örinbosarlari boşçiligida maxsus ştab taşkil etilgan. Agar mahalla raisi va sektor rahbarlariga yordam pullari ajratilmagani, taşkiliy kamçiliklar yuzasidan qilingan murojaatlar böyiça özgariş bölmagan taqdirda mazkur masala böyiça hokimliklar qoşidagi ştabga murojaat qilişni tavsiya etamiz.
Agarda ajratilgan pul muhtoj oilalar röyxatiga kiritilgan kimlargadir yetmay qoladigan bölsa yoki moddiy kömakka muhtoj bölsa-da röyxatga kiritilmay qolgan bölsa, ularga qöşimça ravişda mablağ ajratiş közda tutilgan. E'tibor qilinsa, dastlab ayni maqsad uçun «Saxovat va kömak» jamğarmasining hududiy bölimlariga 150 mlrd söm berilişi közda tutilgan edi, biroq prezident farmoni bilan 200 mlrd söm ajratildi. 50 mlrd söm mana şunday bahsli vaziyatlarga yeçim sifatida ajratilgan», deya Akmalxon Ortiqovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazir örinbosarining ta'kidlaşiça, prezident farmoni bilan ajratilgan yordam bir martalik bölib, keyingi oylarda ham ehtiyojmand oilalar uçun xuddi şunday moddiy yordam ajratilişi közda tutilmagan.
Eslatib ötamiz, prezident farmoniga muvofiq moddiy kömakka muhtoj oilalarga respublika budjetidan bir martalik moddiy yordam körsatilişi belgilangan edi.
Farmonga köra ehtiyojmand oilalarga hayit munosabati bilan 200 mlrd söm, karantin davrida daromadsiz qolgan aholini qöllab-quvvatlaş uçun esa 380 mlrd söm tarqatilişi













