«Keça-bugun joylarda tarqatilayotgan 200 mlrd söm Qurbon hayiti munosabati bilan yordamga muhtoj oilalarning holidan xabar oliş uçun ajratilgan. «Saxovat va kömak» jamğarmasi hisobidan tarqatilayotgan bu pullar 150 mingta oilani qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Mazkur mablağ mutasaddi idoralar tomonidan şakllantirilgan röyxat asosida naqd pul şaklida tarqatilmoqda.

Bundan taşqari, prezident uşbu farmoni bilan a'zolari 1,7 mln nafardan ortiq bölgan 400 mingdan köproq oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratiladi va buning uçun 380 mlrd söm yönaltiriladi. Bu mablağ karantin davrida odamlarning tirikçiligini ötkazişi uçun berilmoqda.

Biz oziq-ovqat mahsulotlarining bir kunlik me'yoridan kelib çiqqan holda hisob-kitob qildik. Hisob-kitoblarimiz asosida jon boşiga 14 turdagi mahsulot uçun 220 ming sömdan töğri kelişi ma'lum böldi. Bir oilada 5 kişi böladigan bölsa, 1 mln 100 ming sömdan töğri keladi. Bu mablağniyam naqd pul şaklida berişni taşkil qilamiz, çunki ehtiyojmand oila, deylik, tomorqasida nimadir yetiştirayotgan bölsa, biz mahsulot şaklida olib borgan kartoşka-piyozlarimiz unga kerak bölmasligi mumkin. Şuning uçun naqd pul şaklida beriladigan 1,1 mln sömga oila uçun kerak bölgan maqsadlar uçun işlatadi», deya Akmalxon Ortiqovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari Qurbon hayiti arafasida ehtiyojmand oilalarga ajratilayotgan bir martalik moddiy yordam nima uçun naqd pul şaklida berilayotganiga töxtalgandi.

Eslatib ötamiz, Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan prezident farmoniga muvofiq moddiy kömakka muhtoj oilalarga respublika budjetidan bir martalik moddiy yordam körsatilişi belgilangan edi.