III xalqaro Toşkent investitsiya forumida “Xususiylaştiriş va davlat aktivlari: investitsiyalar uçun yangi ufqlar” mavzusida panel sessiyasi bölib ötdi.

Unda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Akmalxon Ortiqov oxirgi 3 yilda 2,5 mlrd dollarga yaqin xususiylaştiriş amalga oşirilganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Davaktiv rahbariga köra, 4,5 mingga yaqin katta-kiçik obektlarda davlat uluşini qisqartiriş böyiça işlar amalga oşirilgan.

“2,5 mlrd dollar nimadan iborat degan savol bölsa, katta raqamlarni aytiş mumkin. 252 mln dollarga Coca Cola Uzbekistan'dagi 57 foiz davlat uluşini sotganimiz, yoki Ipotekabankni 324 mln dollarga sotganimizni ayta olaman. 2023 yil uçun eng yaxşi şartnomalarimizdan biri – “Farğona azot”dagi 99 foiz davlat uluşini 100 mln dollar investitsiya kiritiş şarti bilan 140 mln dollarga sotilgani böldi. Kiçikroq bölsa ham Farğonadagi oyna işlab çiqariş, spirt işlab çiqariş zavodlarini sotdik. Boşqa köçmas mulk obektlari, Hyatt Regency mehmonxonasini qariyb 1 trln sömga sotdik”, – dedi u.

Akmalxon Ortiqovga köra, 2023 yilning özida qariyb 1 mlrd dollarlik xususiylaştiriş amalga oşirilgan bölsa, xususiylaştiriş jamğarmasiga 800 mln dollar mablağ kelib tuşgan. Bu mablağlar davlat budjeti parametrlarida belgilanganidek, budjetga ötkazib beriladi, hukumat, prezident qarorlaridagi vazifalarni maqsadli moliyalaştirişga yönaltiriladi.

“2024 yilda oldimizda turgan masala – jarayonni tezlaştiriş va xalqaro bozorlarga olib çiqadigan aktivlarni yanada köpaytiriş. 17 aprel kuni katta qarorlarimiz tasdiqlandi. Şu yilning özida 250 ta davlat korxonalari va 1000 dan ortiq köçmas mulk obektlari bozorga taklif etiladi.

Alohida qaror bilan katta aktivlarni xalqaro bozorlarga olib çiqiş böyiça iş boşlaganmiz. Qariyb 7 ta katta korxonani, Dehqonobod kaliy zavodi, Samarqand avtomobil zavodlari kabilarni xalqaro bozorlarga olib çiqiş töğrisida qaror tasdiqlandi. Xalqaro fond bozoriga olib çiqadigan aksiya paketlarimiz böyiça ham röyxat tasdiqlandi. NKMK, OKMK kabi aktivlarning 5 foizini xalqaro fond bozoriga olib çiqamiz. Birdaniga olib çiqilmaydi, tayyorgarlik köriladi. Jarayon muhimi boşlandi”, – dedi Akmalxon Ortiqov.

Uning sözlarga köra, hukumat 2024 yilda 20 trln söm atrofida xususiylaştiriş hajmini ta’minlaş, 10 trln söm xususiylaştirişdan budjetga mablağ tuşirişni reja qilgan.

“Aktivlarni sotişda qiymat beradigan va tadbirkorga xizmat qiladigan aktivlarga ajratib oldik. Çekka tumanlardagi köçmas mulk obektlari, yerlarni baholangan qiymatda sotişimiz kerak. Lekin u bizga qança qiymat beradi? Uni sotişga ança vaqt kerak. Iqtisodiy ösişga erişiş uçun tadbirkorga yer, bino kerak. Şuning uçun çekka hududlardagi köçmas mulk obektlarimizni 1 maydan boşlab narxini tuşirişni boşladik. 100 dollarlik aktivni 10 dollargaça pasaytirib, lekin raqobat muhitini ta’minlagan holda, auksionda kamida 2 ta iştirokçi bölgan holatda sotişni taşkil etamiz. Buni ham davlat aktivlariga, ham köçmas mulk obektlariga qöllaşni boşlaymiz”, – dedi Akmalxon Ortiqov.