Davlat aktivlarini boşqariş agentligi rahbari Akmalxon Ortiqov Buyuk Britaniyaning «bne IntelliNews» naşri bilan bölgan suhbatda Özbekistondagi xususiylaştiriş jarayoni haqida fikr bildirdi.

Ta'kidlanişiça, 2021 yilning birinçi yarmida 1,1 trillion sömlik (105 million dollar) davlat mulki sotilgan. Bu körsatkiç ötgan tört yil içida 150 million dollarga teng bölgan.

«Biz endi iqtisodiy ösişni yanada rivojlantiriş uçun yangi turtkilarni körib çiqmoqdamiz. Uşbu yangi kuçning xususiylaştiriş jarayoni bilan ta'minlanişiga işonamiz. Davlat yaxşi menejyer emas. Iqtisodiyotda davlatning yuqori darajadagi iştiroki taxminan 50 foiz yoki undan ortiqroq. Bu esa raqobatbardoş bozorni yaratişga xalaqit beradi», dedi Ortiqov.

Xususiylaştiriş jadallaştiriladi

2021 yilning birinçi yarmida sotilgan 105 million dollarlik davlat mulkining 80 million dollari 10ta yirik köçmas mulk obektlarini, xususan, «Içan Qal'a» mehmonxonasi va Toşkent markazidagi xavfsizlik xizmatining sobiq ma'muriy binosini sotişdan tuşgan.

«Köçmas mulk obektlari davlat korxonalari kabi tayyorgarlikni talab qilmaydi, lekin biz köçmas mulk bilan çeklanib qolmaymiz. Bunga parallel ravişda davlat korxonalari tayyor holatga kelganidan keyin, ularni ham xususiylaştirişni boşlaymiz. Bu yil jami 900 dan ortiq davlat aktivlari sotuvga qöyiladi. Natija biz kutgandek bölsa, bu yil xususiylaştiriş jarayonidan 600 million dollar işlab topişni rejalaştirmoqdamiz. Hozirda sotuvga qöyiladigan aktivlar orasidagi eng asosiy obektlar sifatida Farğona neftni qayta işlaş zavodi, «Coca-Cola Bottlers Uzbekistan» MÇJ aksiyalarining 57 foiz uluşi, «Kafolat» suğurta kompaniyasidagi davlat uluşini körsatiş mumkin», dedi Ortiqov.

Mutaxassis 2020 yilda korxonalarni baholaş böyiça yangi standartlar qabul qilingan bölsa ham, baholaşni bu sohadagi muammolardan biri sifatida aytib ötgan. Uning fikriça, ilgari xususiylaştiriş muvaffaqiyatsiz tugaşining asosiy sababi bozor kutilmalariga mos kelmaydigan baholaşning mavjudligi bölgan.

«Ayni paytda biz uşbu yangi standartlarni tanqidiy jihatdan baholamoqdamiz, çunki ular xalqaro moliya institutlari kömagi bilan işlab çiqilgan bölsa-da, nima uçundir köngildagidek işlamayapti», dedi Ortiqov.

Agentlik 1990 yillarning boşlarida Polşaning muvaffaqiyatli xususiylaştiriş tajribasidan foydalaniş uçun maslahatçilarni, şu jumladan, sobiq xususiylaştiriş vazirini jalb qilgan. Kommunizm qulaganidan söng darhol «şok terapiyasi» islohotlarini boşlagan Polşadan farqli ölaroq, köplab yirik özbek kompaniyalari şu paytgaça davlat qölida bölib kelganligi aytib ötilgan.