Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ustasi faranglar 126 000 dona ustaralarga ham boj to‘laydigan bo‘lishdi
Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun joriy qilingan qulaylik va yengilliklarni suiiste'mol qilgan holda tovar-moddiy boyliklarni mamlakatimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlar uchrab turibdi.
Yaqinda Toshkent shahar bojxonachilari Turkiya davlatidan poytaxtda faoliyat ko‘rsatuvchi MChJ nomiga olib kelingan gigiyenik vositalarni bojxona nazoratidan o‘tkazishdi.
Mazkur MChJ tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra yuk avtomashinasida mamlakatimizga olib kirilayotgan bolalar tagliklari, soqol olish kremi kabi mahsulotlar bo‘lishi lozim edi.
Ammo ko‘rik jarayonida hujjatlarda ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 126 000 000 so‘mlik, jami 126 000 dona “ARKO” nomli bir martalik soqol olish uskunalari borligi aniqlandi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati.

Mazkur holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan tashkilotning ishonchli vakili, 1988 yilda tug‘ilgan A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari bilan bayonnoma va tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:00 / 26.03.2026
O‘zbekistonga chetdan olib kirilgan telefonni IMEI ro‘yxatidan qanday o‘tkazish mumkin?
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
08:40 / 17.03.2026
Bojxona hujjatlarining yangi shakllari joriy etildi
09:46 / 03.03.2026