Röyxatdan ötkazilmagan telefon 30 kundan keyin mobil aloqa tarmoğini topişdan töxtaydi. Röyxatdan ötkaziş tartibi telefonning mamlakatga qanday kelganiga boğliq. Agar telefonni özingiz olib kelgan bölsangiz, avval uni bojxonada rasmiylaştirib, keyin IMEI-kodini UzIMEI tizimida röyxatdan ötkazasiz. Agar telefon çet eldan yetkazib beriş orqali kelgan bölsa, bojxonada rasmiylaştiriş bilan yetkazib beriş xizmati şuğullanadi, siz faqat IMEI-kodni röyxatdan ötkazasiz.

Telefon olib kiriş

Agar telefonni özingiz olib kirayotgan bölsangiz, bojxonadan ötişingiz kerak. Bu bosqiçga e’tibor bermaslik ham mumkin, çunki maqola yozilayotgan paytda Özbekistondagi mobil aloqaga ulanmagan telefonlar uçun majburiy deklaratsiya töldiriş haqida ogohlantirişlar mavjud emas.

IMEI — telefonga boğlangan 15ta raqamdan iborat unikal kod. Har bir SIM-karta sloti öz IMEI-kodiga ega. Agar SIM-kartadan foydalana boşlaganingizdan keyin 30 kun içida IMEI-kodlarini röyxatdan ötkazmasangiz, telefonda mobil aloqa bloklanadi.

IMEI-kodlari

IMEI röyxatdan ötkazilişi uçun bojxonada rasmiylaştiriluvini tasdiqlovçi hujjat kerak: kirayotganda töldiriladigan deklaratsiya yoki kirgandan keyin olinadigan bojxona kirim orderi. Deklaratsiyani bojxonada Yölovçi deklaratsiyasi ilovasida töldiriş mumkin. Kirayotganda barça IMEI-kodlarini körsatiş kerak. Bojxonadan ötayotganda umumiy qiymati quyidagi narxga teng bölgan telefonlarni bojxona bojisiz olib kiriş mumkin:

  • 1000 $ — aeroport orqali, köpi bilan 2 dona telefon.
  • 500 $ — temiryöl yoki daryo transporti orqali, yarim yilda 1 dona.
  • 300 $ — avtomobilda yoki piyoda, yarim yilda 1 dona.

Umumiy qiymat bundan yuqori bölsa, oşgan limitning 30%i miqdorida boj tölanadi. Bojxona telefon qiymatini öz bazasi böyiça belgilaydi. Qurilma narxi çekka qarab ham belgilanişi mumkin.