O‘zbekiston | 19:32 / 01.12.2020
22370
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining sobiq boshlig‘i yangi ishga o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining sobiq boshlig‘i Doniyor Shodiyevich Tursunov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga direktor etib tayinlandi. 

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tibbiyot fanlari nomzodi Doniyor Tursunov bungacha Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Qarshi filiali direktori, Kitob tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i kabi mas'ul lavozimlarda ishlagan. 

Shuningdek, 54 yoshli mutaxassis 2017 yilda ham Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali   direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida prezidentning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi ortidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘zgarib, bu lavozimni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali direktori vazifasida ishlab kelgan Ravshan To‘lakov egallagandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid