Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, tibbiyot fanlari nomzodi, 48 yoşli Ravşan Tölakov Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Qaşqadaryo filiali xirurgiya bölimi vraçi, filialning umumiy masalalar böyiça direktor örinbosari lavozimlarida işlagan.

Ma'lumot uçun, prezidentning joriy yil 12-13 noyabrdagi Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida tizimdagi qator muammolar tanqidiy körib çiqilgan edi. 

Yangi rahbarga hududning tibbiy salohiyatini yuksaltiriş, çekka qişloq joylariga malakali tibbiyot xodimlarini jalb qiliş, aholi orasida soğlom turmuş tarzi va töğri ovqatlaniş madaniyatini oşiriş kabi qator muhim vazifalar yuklatildi, deyiladi xabarda.