Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston FIFA reytingida 2 pog‘ona pastladi
Foto: O‘FF matbuot xizmati
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tashkilotga a'zo terma jamoalarning yangilangan reytingini e'lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 582 ochko bilan 62-o‘rindan joy oldi.
Terma jamoa avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 2 pog‘ona yo‘qotdi. Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ga a'zo mamlakatlar orasida O‘zbekiston termasi hamon 6-o‘rinda bormoqda. Eron terma jamoasi ham 2 pog‘ona yo‘qotgan bo‘lishiga qaramay, Osiyoda peshqadamlikni saqlab qoldi. Kuchli uchlikda o‘zgarish yuz bermagan.
1 (30). Eron – 829 ochko;
2 (43). Janubiy Koreya – 703 ochko;
3 (45). Yaponiya – 689 ochko;
4 (48). Avstraliya – 681 ochko;
5 (53). Saudiya Arabistoni – 636 ochko;
6 (62). O‘zbekiston – 582 ochko;
7 (75). BAA– 450 ochko.
8 (77). Suriya – 436 ochko;
9 (82). Xitoy – 425;
10 (88). Qatar –374 ochko.
FIFA reytingida Braziliya 1715 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamlab oldi. Ikkinchi o‘rinni Argentina (1626 ochko) egallab turgan bo‘lsa, uchinchi o‘rindan Germaniya (1511 ochko) joy olgan. Jadvalda 4–10-o‘rinlarni tegishli ravishda Chili, Kolumbiya, Fransiya, Belgiya, Portugaliya, Shveytsariya, Ispaniya va Polsha (ikkalasi 10-o‘rin) terma jamoalari egallagan.
Mavzuga oid
20:33 / 17.10.2025
O‘zbekiston FIFA reytingida bir pog‘ona pastladi
18:22 / 03.04.2025
O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi
17:58 / 20.12.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston milliy jamoasi 2024 yilni 58-o‘rinda yakunladi
18:15 / 24.10.2024