Sport | 12:48 / 17.04.2023
34143
17 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal»da yana yo‘qotish, «Barselona» ham depsinmoqda. Yevropada kun o‘yinlari

Yevropa futbolida yakshanba oqshomidagi asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.

Angliya: «MYu» raqobatchilaridan o‘zib ketdi, «Arsenal»ga durang qimmatga tushishi mumkin

Vest Hem — Arsenal 2:2
Gollar:
Binrahma (33, penalti), Bouen (55) — Jyezus (7), Edegor (10). 
Aniq ijro etilmagan penalti: Saka (52).
Vest Hem – Fabianski, Tsoufal, Zuma, Kerer, Kressuell, Souchek, Rays, Paketa (Dauns, 87), Binrahma (Fornals, 90+1), Bouen, Antonio (Korne, 87).
Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Holding, Gabriel, Tirni (Viyeyra, 85), Jaka, Parti (Trossar, 67), Edegor (Nketia, 90+1), Saka, Martinelli (Nelson, 85), Jyezus (Jorjino, 67).
Ogohlantirishlar: Parti (35), Jyezus (45).

«Arsenal» «Manchester Siti» tomonidan o‘tkazilayotgan doimiy bosimga qaramay, safardagi derbini peshqadamga xos tarzda boshladi. 5-daqiqada Uayt qanotdan to‘pni uzatib berganida darvoza qarshisida turgan Gabriel Jyezus to‘pni bo‘sh burchakka joyladi, yana besh daqiqa o‘tib Gabriel Martinelli chap qanotdan uzoq ustun tomon yaqinlashib kelgan Edegorga ideal uzatma berdi, «kanonirlar» APLda dastlabki o‘n besh daqiqalikda urilgan gollar soni (8) bo‘yicha ham peshqadam bo‘lib olishdi.

Mikel Arteta jamoasi uchun bunday debyut — odatga aylanmoqda. Lekin jamoa safar derbilarida gol o‘tkazishni odat qilmagandi. «Arsenal» «Kristal Pelas», «Brentford», «Chelsi», «Tottenhem» va «Fulhem» maydonida kechgan o‘yinlarda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgandi, ammo «Vest Hem»ga qarshi o‘yinda bunday ajoyib seriya xotirjamlikka berilish oqibatida barham topdi. Partey oddiy vaziyatda to‘pni Raysga berib qo‘ydi, Lukas Paketa esa jarima maydoni ichida Gabriel Magalyansning oyog‘iga qoqildi.

Bu bir lahzalik kuchsizlikdek ko‘ringandi, ammo yakunda bu o‘yin durang bilan yakunlandi, bu natija esa «Arsenal»ga chempionlik poygasida qimmatga tushishi mumkin. Va bunda Arteta shogirdlari omadsizlikni emas, faqat o‘zini ayblashi mumkin, murabbiy ham omad omilini istisno etdi. Hisob 2:1 ekanida jamoaning shtatdagi penaltichisi Saka to‘pni tribuna tomonga qarata tepdi — bu esa omadsizlik emas, balki bosimga dosh bera olmaslik edi. Shundan ikki daqiqa o‘tib ichkaridan uzatilgan to‘pga jarima maydoni ichida ochilgan Bouen hisobni tenglashtiruvchi golni urdi, bu vaqtda mehmonlarning barcha himoyachilari sun’iy ofsayd hosil qilishga urinib, xatoga yo‘l qo‘ydi. Jamoada Saliba va Zinchenkoning yo‘qligi bilinmoqda.

Amalda muxlislar o‘tgan turdagi ssenariyning takrorlanishiga guvoh bo‘lishdi, o‘shanda ham Arteta jamoasi «Liverpul» bilan o‘yinda ikki gol ustunligini saqlab qololmagandi. Endi yo‘qotilgan ochkolar soni bo‘yicha «Arsenal» «Siti»ni atigi bir ochkoga ortda qoldirmoqda. 26 aprel kuni londonliklarni «Etihad»ga safar kutmoqda, bunday sharoitda esa bir ochko ustunlik degani emas.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Nottinghem Forest — Manchester Yunayted 0:2
Gollar:
Antoni (32), Dalot (76).
Nottinghem Forest – Navas, Uilyams, Felipe, Makkenna (Dennis, 81), Niakate, Lodi, Froyler (Mangalya, 65), Gibbs-Uayt (Lingard, 88), Danilo, Jonson, Avoniyi (Serrij, 65).
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelyof, Dalot, Erikesen (Fred, 79), Kazemiro, Fernandesh, Sancho, Antoni, Marsiyal (Veghorst, 72).
Ogohlantirishlar: Maguayr (3), Uilyams (67), Mangalya (83), Veghorst (90+3).

Mavsumning hal qiluvchi qismida «MYu» nafaqat Reshford timsolida asosiy hujum kuchini, balki ikki asosiy markaziy himoyachisi — Varan va Lisandro Martinesni ham yo‘qotdi. Bundan tashqari, «qizil iblislar» bilan shartnomasini yangilagan Shou ham jarohatlangan. Natijada Nottinghemdagi o‘yinda Erik ten Hag ixtiyorida himoyachilarning ideal to‘rtligidan faqat Diogu Dalot qoldi, u o‘zi uchun odatiy pozitsiya bo‘lmagan chap qanotda harakat qilishiga to‘g‘ri keldi.

Ehtimol, bu muammolarning bari keyinroq bo‘y ko‘rsatishi mumkin, ammo «Nottinghem» — «Yunayted» uchun jiddiy muammolar tug‘dira oladigan raqib emas. Bu o‘yinda mehmonlar o‘ta ishonchli harakat qilishdi va ko‘p sonli hujumlaridan faqat ikkitasidan foydalana olishdi, faqat Navasning seyvlari o‘yin o‘ta yirik hisobda yakunlanishiga to‘sqinlik qildi. Urilgan ikki gol ham Antoni ishtirokida bo‘ldi, birinchisida u  Marsiyalning zarbasidan keyin qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib keldi, keyin esa Dalotni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. Uchrashuv qahramoni portugaliyalik jamoadoshini APLdagi ilk goli bilan o‘ziga xos tarzda tabrikladi.

«MYu» raqobatchilaridagi yo‘qotishlardan ideal darajada foydalanib, «Nyukasl» va «Tottenhem»ni mos ravishda 3 va 6 ochkoga ortda qoldirgan holda uchinchi o‘rinni mustahkamladi.

Ispaniya: Grizmann «Barselona»ni qo‘rqitmoqda

Xetafe — Barselona 0:0
Xetafe – Soriya, Suares (Alvares, 83), Jyene, Duarte, Alderete, Iglesias (Portu, 67), Maksimovich (Algobiya, 76), Milya, Unal (Vilyar, 83), Munir (Alenya, 76), Mayoral.
Barselona – ter Stegen, Roberto (Garsiya, 18), Kunde, Arauxo, Alba (Torres, 68), Buskets, Kessie (Fati, 68), Gavi, Balde, Rafinya (Torre, 88), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Gavi (2), Alderete (42), Suares (57).

Dushanba kuni «Barselona» o‘z uyida «Jirona» bilan golsiz durangga rozi bo‘lgandi. Yakshanba kuni «Xetafe» maydonida ko‘k-anorranglilar shunday o‘yin ko‘rsatishdiki, Ispaniya kubogidagi klasiko bilan qo‘shib hisoblaganda qatorasiga uchinchi o‘yinni ham golsiz tark etishi muqarrar edi. Buning asosiy sababi — kataloniyaliklardagi tarkib muammolari bilan bog‘liq. Xavi hatto protokolning barcha qatorlarini to‘ldira olmayapti, 18-daqiqada Serji Roberto jarohat olgani tufayli u himoyachi Erik Garsiyani yana tayanch zonasida o‘ynatishga majbur bo‘ldi.

Tez orada unda tanlov variantlari yana paydo bo‘ladi, so‘nggi xabarlarga ko‘ra Pedri, Dembele va Frenki de Yong tuzalib, mashg‘ulotlarga kirishgan. Ammo bu keyingi turlarda yordam berishi mumkin, Madrid yaqinidagi o‘yinda esa Gavi 1.23 daqiqadayoq sariq kartochka olgani bilan yodda qoldi. Shu bilan birga bu «Barsa» futbolchilari uchun rekord ko‘rsatkich emas, bir safar Luis Suares 58-soniyadayoq ogohlantirilgandi. Ammo turnir jadvalida ilgarilab ketgan peshqadamdan muxlislar bunday pasayish kutishmagandi, bu o‘yinda esa jamoa yutqazib qo‘yishi ham mumkin edi.

Birinchi bo‘limda avvaliga Rafinyaning, keyin Baldening zarbasi darvoza ustuniga tegdi, Levandovski esa bir necha imkoniyatlardan foydalana olmadi.

So‘nggi daqiqalarda Arauxoning qo‘pol xatosidan keyin Borxa Mayoral qulay pozitsiyaga chiqib bordi, ammo uning zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi. O‘yindan keyin esa Xavi maydonda maysaning balandligini tanqid qildi, lekin chindan ham shunday bo‘lsa, bu mezbonlarning o‘ziga ham xalaqit bergan. Ketma-ket ochko yo‘qotilayotganiga qaramay, «Barsa» asosiy ta’qibchisi «Real»ni 11 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Ammo hali barcha masala hal bo‘lmagan, peshqadamni oldinda uchinchi o‘rinda kelayotgan «Atletiko» bilan, shuningdek doimo jamoaga noqulay raqiblar bo‘lib kelgan «Rayo Valekano» va «Betis»ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Mavsumning bu qismida asosiy savolga javob topiladi: oxirgi turlar arafasida chempionlik intrigasi uyg‘onadimi? Qayd etish mumkinki, «Barsa» la ligada qatorasiga ikki o‘yinda nolsiz durang o‘ynashi 30 yildan — jamoani Yohan Kroyf boshqargan davrdan buyon kuzatilmagandi. Shu bilan birga, Xavi o‘z jamoasi gol o‘tkazmayotganiga e’tibor qaratmoqda. Adolat uchun aytish kerakki, turnir tarixida hali hech bir jamoa 29 turdan keyin atigi 9 gol o‘tkazishi ro‘y bermagandi.

Atletiko — Almeriya 2:1
Gollar: Grizmann (5, 44) — Ximenes (37, avtogol).
Atletiko – Oblak, Molina, Ximenes, Ermoso, Vitsel, Karrasko, Koke, De Pol (Barrios, 78), Liorente (Saul, 90), Grizmann, Korrea (Morata, 64).
Almeriya – Fernando, Mendes (Puchmal, 58), Eli, Babich, Kayki (Embarba, 84), Senteles, Melero (de la Os, 68), Robertone (Ramazoni, 68), Samu Koshta, Baptistao (Portilo, 68), Suares.
Ogohlantirishlar: Babich (28), Eli (49), Liorente (77), Kondogbia (89), Ramazoni (90+4), Barrios (90+4).

La ligada 13 turdan buyon mag‘lub bo‘lmayotgan «Atletiko» (+10=3) esa «Kamp Nou»ga safar oldidan juda kuchli va dinamik o‘yin namoyish etdi. «Barsa»ning hozirgi holati fonida bu butunlay boshqa liga vakiliga o‘xshaydi, albatta, keyingi turda barchasi o‘zgarishi ham mumkin. Ammo bugungi kun holatiga madridliklar o‘ta ajoyib, Grizmann — esa qoyilmaqom o‘yin ko‘rsatmoqda.

Gap faqat uning tanaffusga qadar ikki gol urganida ham emas, u juda sifatli o‘yin namoyish etmoqda. Fransuz o‘zi ham darvozaga tahdid solish bilan birga, hujumlarni rivojlantirishda va vaziyatlar yaratishda muhim rolni o‘ynamoqda. Masalan, Ferreyra-Karraskoning zarbasi ustunga tekkan hujumda asosiy ishni u bajargandi. Bundan tashqari, Grizmann «matraschilar» tarixiga barcha turnirlar doirasida 150 gol urgan to‘rtinchi futbolchi sifatida kirdi. U Luis Aragonesning rekordiga yetishi uchun — 22 aniq zarba yetarli.

Shu bilan birga, «Atletiko» bu o‘yinda ochko yo‘qotishi ham mumkin edi. Bu shunday paradokski, mehmonlar birinchi bo‘limda biror marta darvoza sohasiga aniq zarba bermay turib ham hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirishdi. Bunda ularga Ximenesning avtogoli yordamga keldi, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida esa VAR jamoaga yordam bermadi - hakam videotakrorni borib ko‘rganidan keyin to‘p Ximenesning qo‘liga emas, yelkasiga tekkan deb topdi va madridliklar darvozasiga penalti qo‘ymadi.

Italiya: faqat Mourino yutdi

Sassuolo — Yuventus 1:0
Gol:
Defrel (64). 
Sassuolo – Konsili, Tolyan, Erlich, Ruan (Ferrari, 90), Rojyerio, Lopes, Frattezi, Mateus Enrike (Harrui, 71), Bayrami (Dzortea, 78), Loryante (Seyde, 78), Pinamonti (Defrel, 46).
Yuventus – Perin, Barberi (Kuadrado, 57), Danilo, Bremer, Gatti, Kostich (Keza, 66), Paredes (Pogba, 83), Rabo, Fajoli (Miretti, 66), Milik (Di Mariya, 57), Vlahovich.
Ogohlantirish: Keza (90+5).

A seriyada shanba kungi o‘yinlar Chempionlar ligasi chorakfinalchilari yevrokubokni birinchi o‘yinga qo‘yishlarini ko‘rsatib berdi («Milan» va «Napoli» durang o‘ynadi, «Inter» yutqazdi). Bir kun o‘tib esa payshanba kuni Yevropa ligasi yarimfinaliga chiqish uchun o‘yin o‘tkazadigan jamoalar ham shu ishni takrorlashdi. Bu faqat tarkib rotatsiyasi haqida, ammo futbolchilarning almashuvi ham sifatning yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi.

Ikkinchi bo‘limning qaysidir pallasida «Sassuolo»  turinliklarni jarima maydoniga qamab qo‘ydi. Mehmonlar Perinning aql bovar qilmas reaksiyasi va darvoza to‘sini va ustunlari tufayli qutulib qolishdi, ammo burchak zarbalari seriyasidan keyin mehmonlar a’zosi Fajolining boshi aylanib qoldi va u to‘pni Defrelning oyog‘iga tashlab berdi. Forvard esa Italiya chempionatidagi gollari sonini 50 taga yetkazib, bu natijaga erishgan Trezege, Platini va Terodan keyingi to‘rtinchi fransuz futbolchisiga aylandi. Konsilining seyvi esa ustunlikni saqlab qolib, «Yuve»ni yevrokuboklarga yo‘llanma beruvchi oltinchi o‘rinda mustahkam joylashgan «Atalanta»ga yaqinlashib olish imkonidan mahrum etdi.

Roma — Udineze 3:0
Gollar:
Bove (37), Pellegrini (55), Abraham (90+1).
Aniq ijro etilmagan penaltilar: Kristante (37), Pereyra (69).
Roma – Patrisiu, Chelik (Spinatssola, 75), Smolling, Lorente, Manchini, Veynaldum (Matich, 61), Kristante, Pellegrini (Tahirovich, 90), Bove, Belotti (Abraham, 74), Al-Sha’roviy (Zalevski, 74).
Udineze – Silvestri, Exizibue (Ebosele, 71), Rodrigo Bekao, Peres, Biyol, Udoji (Mazina, 86), Uolas, Lovrich (Nestorovski, 78), Samarjich (Pafundi, 78), Pereyra, Saksess (Toven, 79).
Ogohlantirishlar: Pereyra (35), Saksess (40), Exizibue (45), Manchini (67), Toven (90).

«Roma» esa yevrokuboklarning dam olish kunlarida g‘alabaga erishgan yagona italyan jamoasi bo‘ldi. Lekin Joze Mourino uchun ham bu o‘yin xavotirsiz kechmadi, sabablar esa odatdagi kabi - jarohatlar. Uning baxtiga, boshi yorilgan Kristante baribir maydonda qoldi. Uni almashtirishga taraddud ko‘rgan Matich esa baribir ikkinchi bo‘limda almashtirishni so‘ragan va keyin zaxira o‘rindig‘ida bo‘yniga muz bosib o‘tirgan Veynaldumning o‘rniga tushishiga to‘g‘ri keldi.

Yana bir alohida mavzu — penaltilar mavzusi, bu Dibala jarohat olganidan keyin muammoga aylangan. «Feyyenoord»ga qarshi o‘yinda Pellegrini 11 metrdan gol ura olmagandi, bu safar esa Kristantening «nuqta»dan yo‘llagan zarbasi ustunga tegdi. To‘g‘ri, bu safar Bove qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib ulgurdi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Belotti Pellegrinini ajoyib pas bilan ta’minladi, hisob 2:0 ekanida Ruy Patrisiu raqibning penaltisini qaytardi. Mourino uchun yana bir xursandchilik — Abrahamning gol urishi bo‘ldi, Rotterdamda ushbu hujumchi jarohat olib, almashtirilgandi, bu o‘yinda esa zaxiradan tushib, safga qaytdi. «Roma» bu g‘alabadan keyin uchinchi o‘rinni mustahkamlab, «Milan»ni uch ochkoga o‘zib ketgan, beshinchi o‘rinda kelayotgan «Inter» esa endi besh ochkolik masofada qolmoqda.

Kun statistikasi

  • «Ayachcho» liga 1da qatorasiga 6 o‘yinda mag‘lub bo‘ldi — bu korsikaliklarning 1968/69 yillar mavsumidan buyon eng yomon seriyasi.
  • Himoyachi Alvares erediviziya o‘yinlarida 10 bor sariq kartochka oldi — bu «Ayaks» futbolchilari uchun bir mavsumdagi eng yomon ko‘rsatkich.
  • «Austriya» «Rapid» maydonidagi qatorasiga 11 derbida mag‘lub bo‘lmadi. Bu Venaning asosiy klublari o‘rtasidagi qarama-qarshilikda rekord ko‘rsatkich.
  • «Lechche» «Sampdoriya» bilan o‘yinning birinchi bo‘limida 21 zarba berdi — bu A Seriyaning joriy mavsumidagi rekord ko‘rsatkich.
  • PSV hujumchisi Lyuk de Yong Niderlandiya chempionatida 27 jamoa darvozasiga gol urgan. Bu turnirda joriy asrda kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich.
  • Filipp Kleman «Monako» bosh murabbiyligida liga 1da o‘tkazilgan dastlabki 50 o‘yindan 30 tasida g‘alabaga erishdi. Belgiyalik mutaxassis klubning bu boradagi rekordchisi Klod Pyuel grafigi bo‘yicha ketmoqda.
  • «Nottinghem» forvardi Dennis APLdagi dastlabki 50 o‘yinidan 37 tasida mag‘lub bo‘lgan. Bu «Sanderlend», «Vest Hem» va «Lids» klublarida o‘ynagan sobiq futbolchi Makkartni qayd etgan turnir antirekordining takrorlanishi bo‘ldi.

Mavzuga oid