Angliya Liga kubogi. Yarimfinal
«Nyukasl» – «Manchester Siti» 0:2
Gollar: Semenyo 53, Sherki 90+9
«Nyukasl»: Poup, Holl, Botman, Miley, Remsi (Tonali, 69), Tiau, Vissa (Voltemade, 69), Gordon (Elanga, 69), Merfi (Barns, 45+2), Gimaraes, Joelinton
«Manchester Siti»: Trafford, Nunes (Lyuis, 62), Abduqodir Husanov, Alleyn, Ake, O’Rayli (Rodri, 61), Semenyo, Doku (Sherki, 77), Foden (Reynders, 62), Silva, Holand.
Ogohlantirishlar: Joelinton 31, Gimaraes 76 – O’Rayli 31, Nunes 39, Silva 73, Lyuis, 83
Angliya ligasi kubogida to‘rt ishtirokchi qolgan. Bu bosqichda ikkitadan o‘yin o‘tkaziladi – jamoalar uyda va safarda o‘ynaydi. 13 yanvar oqshomida «Sent-Jyeyms Park» o‘yingohida «Nyukasl» va «Manchester Siti» o‘rtasida yarimfinalning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mezbonlar o‘yinni faollik bilan boshladi va oltinchi daqiqadayoq qulay imkoniyatga ega bo‘lishdi. Yoan Vissa mehmonlar darvozaboni Jyeyms Trafford bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi, ammo yaxshi pozitsiyadan zarba berganiga qaramay, to‘pni darvoza to‘sini yuqorisidan o‘tkazib yubordi.
Umuman olganda, birinchi bo‘limning katta qismini jamoalar ehtiyotkorlik bilan o‘tkazishdi. Bo‘lim oxirida «Nyukasl» jarohat tufayli Jyeykob Myorfidan ayrildi. Uning o‘rniga maydonga Harvi Barns tushirildi. Tanaffusdan keyin ham Eddi Hau shogirdlari ikkita juda yaxshi vaziyatga ega bo‘lishdi. Avvaliga Trafford ajoyib reaksiya ko‘rsatdi va Vissaning boshda yo‘llagan zarbasidan keyin to‘sin ostidan kirib ketayotgan to‘pni to‘xtatdi. Biroz o‘tib esa Bruno Gimaraynsning zarbasidan keyin to‘p darvoza ustuniga bordi.
Javob hujumida esa «Siti» hisobni ochdi. Jyeremi Doku chap qanotda reyd uyushtirib, to‘pni markazga oshirdi, Bernardu Silva esa bir teginishda uni olis ustun tomon yo‘naltirdi, u yerda paydo bo‘lgan Antuan Semenyo osonlik bilan darvozani ishg‘ol etdi – 1:0. «Manchester Siti»ning yangi futbolchisi qatorasiga ikki o‘yinda o‘z hisobiga gol yozib qo‘ymoqda. Yanvarning dastlabki haftasida «Bornmut»dan transfer qilingan ushbu futbolchi bir necha kun oldin Angliya Kubogi doirasida «Ekseter Siti»ga qarshi o‘yinda (10:1) debyut qilib, bir gol va bir golli uzatma muallifiga aylangandi.
Keyinroq Semenyo ikkinchi bor «Nyukasl» darvozasini ishg‘ol etdi. Bu safar ganalik hujumchining akrobatik zarbasidan urilgan gol bekor qilindi. Hakamlar epizodni uzoq tekshirishdi va yakunda to‘p yo‘lida turib qolgan Erling Holandda ofsayd holatini qayd etishdi.










