Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov Rossiya Moliya vazirligiga 500 mlrd rubl miqdoridagi investitsiyalarni va'da qildi
Foto: Andrey Rudakov / Bloomberg
Alisher Usmonovning «Metalloinvest» kompaniyasi o‘n yil davomida quvvatlarni modernizatsiya qilishga 507 mlrd rubl sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
Vladimir Potaninning «Norilskiy nikel», Alisher Usmonovning «Metalloinvest» va Said Karimovning (senator Suleyman Karimovning o‘g‘li) «Polyus» kompaniyasi RF bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Anton Siluanov rahbarligidagi ishchi guruhi doirasida tayyorlangan yangi investitsiya loyihalariga 1,8 trln rubl yo‘naltirishga tayyor, deb yozmoqda RBK.
Bu 26 noyabr, dushanba kuni, Moliya vazirligidagi yig‘ilish yakunlari bo‘yicha xususiy ishtirokchi-investorlarning takliflari ro‘yxatidan kelib chiqadi.
Ro‘yxatga 21 yirik investordan 7,3 trln rubllik 143 loyiha kiritilgan. «Nornikel» o‘z hisobidan 12ta loyihani amalga oshirishga tayyor, u 749,4 mlrd rubl yo‘naltiradi. «Metalloinvest» o‘z sarmoyasini umumiy qiymati 812,2 mlrd rubl bo‘lgan 17ta investitsiya loyihasiga 541,5 mlrd rubl darajasida ajratadi, «Polyus» esa yettita loyihaga o‘zining 507 mlrd rublini yo‘naltiradi.
Rossiya Moliya vazirligidan xabar berishlaricha, yirik biznes umumiy qiymati 14,5 trln rubldan ortiq bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun vazirlikka murojaat qilgan. Tadbirkorlar bir xil biznes yuritish sharoitlari va soliqlar qaytarilishiga va'da berishgan.
Ushbu ro‘yxatda loyihalarning nomi ko‘rsatilmagan, ammo, masalan, «Metalloinvest» o‘n yil mobaynida 507 milliard rublni quvvatlarni modernizatsiya qilishga investitsiya sifatida kiritishni rejalashtirmoqda, deydi uning bosh direktori Andrey Varichev.
Mavzuga oid
13:38
Xitoy iqtisodiyoti 2025 yilda 5 foizga o‘sdi
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
11:53 / 17.01.2026
Sud Rossiya bankining Euroclear’ga qarshi da’vosi bo‘yicha birinchi eshituvni o‘tkazdi
10:06 / 17.01.2026