Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirobod va Yashnobod tumanlarining ba'zi hududlarida sovuq suv vaqtinchalik o‘chiriladi
Poytaxtning Farg‘ona yo‘li ko‘chasida ko‘prik qurilishi sababli ichimlik suv ta'minoti o‘chiriladi yoki suv bosimi pasayishi kuzatiladi. Bu haqda “Suvsoz” DUK xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida ko‘prik qurilishi sababli, ichimlik suv tarmog‘ini qayta qurish va ulash ishlari olib borish munosabati bilan 22 avgust 2017 yil soat 00:00 dan 23 avgust 2017 yil soat 05:00 gacha ichimlik suv ta'minoti to‘xtatilish yoki suv bosimi pasayishi kuzatilishi mumkin.
Ichimlik suv ta'minoti to‘xtatiladigan va suv bosimi pasayadigan manzillar ro‘yxati:
Mirobod tumani bo‘yicha:
- Salar maxallasi: 1-tor Nukus ko‘chasida
-Tong Yulduzi mahallasi: Mehrjon, Qo‘shko‘prik ko‘chalarida va Inokobod ko‘chasi tor ko‘chalari bilan.
- Ruhiy kasalliklar kasalxonasi
- 4-sonli tug‘ruqxona
- Harbiy prokuratura
- Qon quyish laboratoriyasi
- Bolalar ruhiy kasalliklari sanatoriyasi
- Teri kasalliklar kasalxonasi
Yashnobod tumani bo‘yicha:
- Cho‘lpon mahallasi: 9 qavatli uylar 2dona, 4 qavatli uylar 11dona
- Jo‘rabek mahallasi: Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 23
- Ma'rifat mahallasi: Boku ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Qashqadaryo ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Osh, Sulton Sanjar, Mirg‘ob, Ma'ruf, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari
- Shironobod mahallasi: Osh ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Ma'ruf ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Suv bo‘yi, Axsikat ko‘chalari
Qayd etilishicha, suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar (vodovozlar) yuboriladi.
Mavzuga oid
07:39 / 01.04.2026
Xarita: suv tanqisligi eng yuqori bo‘lgan davlatlar
07:19 / 24.03.2026
Eng yirik chuchuk suv zaxiralariga ega mamlakatlar reytingi
09:23 / 16.02.2026
Markaziy Osiyoda suv-energetika hamkorligi: uch davlat kelishuvga erishdi
09:32 / 07.02.2026