Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyoda suv-energetika hamkorligi: uch davlat kelishuvga erishdi
Toshkent shahrida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston energetika vazirlarining uch tomonlama uchrashuvi hamda uch mamlakatning suv-energetika sohasiga mas’ul idoralari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Foto: Qozog‘iston Energetika vazirligi
Muzokaralarda Qozog‘iston energetika vaziri Yerlan Akkenjyenov, Qirg‘iziston energetika vaziri Taalaybek Ibrayev, O‘zbekiston energetika vaziri Jurabek Mirzamaxmudov qatnashdi. Shuningdek, yig‘ilishga Tojikiston energetika vaziri Daler Juma ham taklif etildi.
Tomonlar suv-energetika resurslarini boshqarish sohasidagi uch tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini muhokama qildi. Shu bilan birga, mintaqaviy energotizimning barqaror va muvozanatli ishlashini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida ishlab chiqaruvchi quvvatlar ish rejimlarini muvofiqlashtirish, suvdan foydalanishning kelishilgan parametrlariga rioya qilish hamda umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Mavsumiy yuklamalar sharoitida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va tezkor hamkorlikning ahamiyati, shuningdek transchegaraviy daryolarda barqaror suv rejimi saqlanishi energetik xavfsizlik nuqtai nazaridan muhim ekani ta’kidlandi.
Tomonlar Markaziy Osiyo suv-energetika tizimi ishonchliligini mustahkamlashga qaratilgan konstruktiv muloqotni davom ettirishga va yaxshi qo‘shnichilik ruhida hamkorlikni yanada rivojlantirishga sodiq ekanini tasdiqladi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni mustahkamlovchi uch tomonlama protokol imzolandi.
Mavzuga oid
23:40 / 06.03.2026
“Eron urushi domino effektiga sabab bo‘lishi mumkin” – tahlilchilar
22:54 / 05.03.2026
Pokiston-«Tolibon» mojarosi: ular nimani bo‘lisha olishmayapti?
21:22 / 05.03.2026
Erondagi urushning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri: ekspertlar bilan suhbat
12:43 / 03.03.2026