Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonlik kurashchilar bir-biriga qarshi kurashishdan bosh tortdi (video)
Qirg‘izistonlik kurashchilar Tbilisida o‘tgan yunon-rum kurashi bo‘yicha xalqaro turnir finalida bir-biriga qarshi kurashishdan bosh tortdi.
Ushbu holat videosi YouTube’da e'lon qilingan.
66 kggacha vazn toifasi final bahsi 9 avgustda o‘tishi kerak edi. Matga qirg‘izistonlik ikki kurashchi - Kanibek Jolchubekov va Jolaman Sharshenbekov chiqishgan. Videoda Sharshenbekov g‘alabani Jolchubekovga berishni iltimos qilganini ko‘rish mumin. Natijada uning iltimosi bajarilgan.
Bu sportchilar avvalroq boshqa bir turnirda o‘zaro bellashishlariga to‘g‘ri kelgan va o‘shanda 20 yoshli Sharshenbekov 30 yoshli Jolchubekovga mag‘lub bo‘lgan.
Kanibek Jolchubekov talabalar orasida jahon, Osiyo chempioni, ikkita Osiyo o‘yinlari kumush sovrindori, bir qator xalqaro musobaqalar g‘olibi hisoblanadi.
Jolaman Sharshenbekov esa jahon chempionatida kumush medal qo‘lga kirita olgan Qirg‘iziston tarixidagi ikkinchi kurashchi bo‘lib, Osiyo chempionatlari sovrindoridir.
Mavzuga oid
18:30 / 29.12.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev davlat mukofotlaridan mahrum etildi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
14:22 / 17.12.2025
Qirg‘izistonda ta’lim vaziri mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi
17:58 / 16.12.2025