Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy «Trampning o‘limi» haqidagi mish-mishlarni rad qildi
Rasmiylarning ta’kidlashicha, Tramp bilan hammasi joyida va u bugun golf o‘ynamoqda. Matbuotda AQSh prezidentining kecha, juma kuni olingan intervyusi va bu intervyudan olingan surat paydo bo‘ldi.
Foto: Oq uy matbuot xizmati
AQSh prezidenti Donald Tramp bilan hammasi joyida, dedi Axios jurnalisti Barak Ravidga ismi oshkor etilmagan amerikalik amaldor.
«Amerikalik amaldor menga shunday dedi: «Tramp bilan hammasi joyida. Bugun ertalab u golf o‘ynamoqda», deb yozdi Ravid X ijtimoiy tarmog‘ida.
Bugun, shuningdek, Daily Caller nashri AQSh prezidenti bilan kecha, 29 avgustda olingan intervyuni ham e’lon qildi. Intervyuga ilova qilingan suratda suhbat Oq uyda kechgani, unda AQSh prezidentining tashqi ko‘rinishi odatdagidek ekanini ko‘rish mumkin.
«Trampning o‘limi» haqidagi mish-mishlarga u bir necha kun jamoatchilik qarshisida ko‘rinish bermagani, undan sal avvalroq vitse-prezident Jyeyms Vensning agar Tramp bilan biror narsa sodir bo‘lsa, AQSh prezidenti bo‘lishga tayyorligi haqidagi aytganidan keyin paydo bo‘ldi. Shu bilan birga, Vens prezidentning ahvoli yaxshi ekani va prezidentlik muddati oxirigacha ishlay olishiga ishonch bildirgan edi.
Shu fonda X platformasidagi mashhur mavzularidan biri Trampning o‘limi haqida (#TrumpIsDead) bo‘ldi. Bu teg bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda o‘n minglab postlar qoldirildi.
Tramp 79 yoshda. Aprel oyida Oq uy uning navbatdagi tibbiy ko‘rik natijalarini e’lon qildi, unda prezidentning aqliy salomatligi yaxshi ekani aytilgan. Xulosada, shuningdek, Tramp faqat xolesterin darajasini nazorat qilish uchun dorilar, «yurak profilaktikasi» uchun aspirin va teri kasalliklarini davolash uchun mometazonli kremdan foydalanayotgani aytilgan.
Mavzuga oid
08:25
Vashington Kiyevga 15 yillik xavfsizlik kafolatlarini taklif qilmoqda
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
18:54 / 26.12.2025
Zelenskiy Tramp bilan navbatdagi uchrashuvini anons qildi
14:27 / 26.12.2025