Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy korxonalarga yuk va yo‘lovchi tashish uchun litsenziya qay tartibda olinadi?
SAVOL: MeN xususiy korxona rahbariman. Korxonaga yuk va yo‘lovchi tashuvchi avtotransport vositalarini lizing asosida sotib olib, tashish faoliyatini amalga oshirmoqchiman. Ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya talab etiladimi? Agar talab etilsa, bu masalada qaysi davlat idoralariga murojaat etishim kerak?
A.SATTOROV,
Toshkent shahri
JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori asosan, tijorat asosida amalga oshiriladigan yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlar¬aro va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati ham, albatta, litsenziyalanishi shart.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi ushbu faoliyatni amalga oshirish niyatida bo‘lgan shaxslar shahar va viloyat hokimligining Yo‘lovchilar tashish transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti litsenziyalovchi organga murojaat etishlari lozim.
Respublikamizning boshqa hududlarida — viloyatlarda esa O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va uning hududiy bo‘limlariga murojaat etilishi lozim.
Savolga O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Bosh yuriskonsulti Ahmedjon JUMANIYoZOV javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
10:41 / 11.09.2025
Huquqiy targ‘ibot sohaga mas’ul davlat organi tomonidan amalga oshiriladi
14:15 / 05.03.2025
Tovarlar, xizmatlar va ishlarga eksklyuziv huquqlar kimlarga beriladi?
11:31 / 26.12.2024
Qozog‘istonda huquqlari buzilgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi
08:30 / 01.10.2024