2025 yil 1 apreldan boşlab eksklyuziv huquq xöjalik yurituvçi sub’yektlarga qonunlar va prezident farmon va qarorlari bilan 3 yildan ortiq bölmagan muddatga faqat quyidagi maqsadlar uçun beriladi:
- konstitutsiyaviy tuzumni, aholining soğliğini, Özbekiston mudofaa qobiliyatini, davlat va jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlaş;
- tabiiy ofatlar, halokatlar va epidemiyalarning oldini oliş hamda ularni bartaraf etiş.
Ma’lumot uçun: Mulkçilik şaklidan qat’i nazar bir yoki bir neçta xöjalik yurituvçi sub’yektlar va davlat taşkilotlariga muayyan tovarlarni işlab çiqariş (xizmatlar körsatiş, işlarni bajariş) yoki sotiş yoxud sotib oliş, şuningdek, yagona operatorlik xizmatlarini körsatiş uçun quyidagilar asosida taqdim etilgan mutlaq huquq eksklyuziv huquq sifatida e’tirof etiladi:
- qonunçilik hujjatlari bilan istisno tariqasida berilgan ruxsat (huquq);
- umumiy tartibdan taşqari ravişda berilgan yakka tartibdagi litsenziya (ruxsatnoma). Bunda tanlov (tender) asosida taqdim etilgan litsenziyalar (ruxsatnomalar) eksklyuziv huquq sifatida e’tirof etilmaydi.
















