Özbekistonda sönggi uç yilda 2 mingdan ortiq insonlar ota-onalik huquqidan mahrum qilingan. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova «Lolazor» podkastida aytib ötdi.
Ombudsmanning sözlariga köra, ota-onalikdan mahrum qiliniş holatining eng köpi ularning jinoyatlar sodir etişi yoki bolaga nisbatan ota-onalik majburiyatini bajara olmaganlik, şuningdek, kasalliklar bilan boğliq.
Mahrum qiliniş holatlarning mutlaq katta qismi — 86 foiziga ota-onalik majburiyatlarini bajarmaganlik, 14 foizi esa bolalarini taşlab ketganlik, ularga jismoniy va ruhiy tazyiq ötkazganlik, içkilikbozlik va giyohvandlik moddalariga berilişi yoki bolasi yoki eri (xotini) hayoti-soğligiga qasddan jinoyat sodir etiş sabab bölgan.
Bolalar ombudsmani ota-onalik huquqidan mahrum bölgan ota-onalar farzandlarining keyingi taqdiri haqida sözlab, ularning asosiy homiysi davlat bölişi haqida tuşuntiriş berdi.
«Ota-onalikdan mahrum qilindi degani, bolaning töliq ijtimoiy majburiyatlari davlat zimmasiga ötadi deganidir. Davlat uning asosiy homiy, vasiysi hisoblanadi. Vasiylik va homiylik organlari bolaning qonuniy vakili sifatida örtaga çiqadi. Bu organlar ham hozirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga ötkazilgan. Ular tumanlarda oilalarga eng yaqin vasiylik funksiyasini bajaradigan ijtimoiy yordam körsatadigan asosiy böğinlardir», — dedi u.
Keltirilişiça, yetim va ota-ona ğamxörligidan mahrum bölgan bolalarning toifasiga kiruvçi bolalar barça ijtimoiy huquqlar bilan ta’minlanadi. Şu jumladan ularning yoşi yetgandan söng uy-joy bilan ta’minlanişini nazorat qiliş va kömaklaşiş bolalar ombudsmani vazifasiga kiradi.












