Özbekistonda aholining asosiy iste'mol mahsuloti — ösimlik yoğlari narxi keskin oşib ketişi hamon kun tartibidagi masala bölib qolmoqda. 

Joriy yil yanvarda 529 turdagi import tovar va xizmatlarini davlat xaridlari sifatida sotib olişga çeklov örnatildi (Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 yanvardagi 41-sonli qarori). Röyxatga ösimlik yoği, xususan, kungaboqar, paxta, zaytun va araxis yoğlari kiritilgan. Bu nimani anglatadi? Iqtisodçi Otabek Bakirov bu haqda Kun.uz’ga öz fikrlarini bildirdi.

 — Import ösimlik yoğlarini davlat xaridlari sifatida sotib olişga örnatilgan çeklov yoğ narxi oşib ketişida qanday rol öynaşi mumkin?

— Biz ösimlik yoği böyiça importga juda boğliqmiz. Özimizning mahalliy işlab çiqarişimiz ösimlik yoğiga bölgan jami ehtiyojni 30 foizga, eng yaxşi yillarda 40 foizga qoplaydi, xolos. Haddan taşqari importga boğliq bölganimizdan keyin qanday qilib ösimlik yoğini davlat xaridlari sifatida sotib oliş taqiqlangan import mahsulotlari röyxatiga kiritiş mumkin?

Agar mahalliy işlab çiqaruvçilarimiz içki bozor talabini töliq qondirganda, bizda işlab çiqariş yetarli, degan vajlar bilan ösimlik yoğini bu röyxatga qöşiş mumkin edi.

— Davlat xaridlari sifatida sotib olişga taqiq örnatilişi nimani anglatadi?

— Ösimlik yoğiga nisbatan davlat xaridlari bu örinda masalan, armiya, kasalxonalar, izolyator va qamoqxonalar ma'muriyati kabi idoralar, davlat tasarrufidagi boşqa ijtimoiy muassasalarni (qariyalar uylari, mehribonlik va nogironlar uylari) qamrab oladi, ularning hammasi turli körinişda davlat xaridlari orqali ösimlik yoğini sotib oladi.

Tasavvur qiling, agar sanalganlar import qilingan mahsulotni sotib olmasa, mahalliy işlab çiqaruvçidan sotib olişga töğri keladi va tabiiyki, mahalliy işlab çiqaruvçining mahsulotiga talab oşadi. Biroq mahalliy korxonalarning quvvati töliq talabni qondirişga yetmaydi. Çunki, takrorlayman, bizda özimizning mahalliy işlab çiqaruvçilar köpi bilan 300 ming tonna ösimlik yoği işlab çiqaradi, aholining talabi esa 400 ming tonna. Bundan taşqari, tarkibiga ösimlik yoği solinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqaruvçilar, oşxona va restoranlarning ham talabi bor — taxminan 250 ming tonna. Mahalliy işlab çiqaruvçilar jami 650-700 ming tonnalik talabning, eng köpi bilan, xomaşyo yetarli bölsa, 300 ming tonnasini qoplay oladi, xolos. Şunday şaroitda çeklov kiritişning özi notöğri edi.

2020 yil 21 avgustda prezidentning 4812-sonli qarori qabul qilingandi. Şu qarorga asoslanib, 2021 yil yanvarda davlat xaridlari sifatida sotib olişga taqiq qöyilgan import mahsulotlar röyxati tasdiqlangan. Öşa paytda (ötgan yil yoz oxirlarida) soya, kungaboqar kabi ösimlik yoğlari işlab çiqariş uçun hosil kam yiğilgani töğrisida ma'lumot balki yetarli bölmagan, natijada bu qaror qabul qilingan. Taxminan sentyabrning oxiri va oktyabrning boşlarida şimoliy yarimşarda ösimlik yoği xomaşyosini yetiştiradigan Ukraina, Rossiya, Bolgariya kabi davlatlarda hosil ança kam yiğilgani, buning oqibatlari oçiqlangandi. Şunga qaramasdan, taqiq röyxatidan ösimlik yoği mustahkam joy oldi, keyingi kunlarda vaziyat jiddiylaşayotganiga qaramay röyxatda qolmoqda.