Çiqindilarni boşqariş agentligi rahbariyatiga köra, avgustdan boşlanadigan tartib içki identifikatsiyadan ötgan abonentlarga tatbiq etiladi va faqat iyul oyidan boşlab şakllangan qarzlarga taalluqli böladi. Iqtisodçi Otabek Bakirov yangilikni amalga kiritişdan oldin qilinişi kerak bölgan işlar bor edi deb hisoblamoqda.
2025 yil 1 avgustdan boşlab çiqindidan qarzi borlar çiroq uçun tölov qila olmaydi. Bu mart oyida qabul qilingan qonunda belgilangan. Yangi tartibga köra, çiqindini olib çiqib ketiş xizmatidan qarzi bor iste’molçilarga har oyning 5-sanasigaça SMS yuboriladi. Şundan keyin 5 kun içida qarzdorlik bartaraf etilmasa, iste’molçi elektr energiyasi uçun tölov qilolmay qoladi.
Qarzdorlik bartaraf etilişi bilan, çeklov avtomatik tarzda yeçilişi aytilyapti. Agar qarz tölanmasa, ma’lum vaqtdan keyin, abonentning elektr energiyasi böyiça oldindan tölovi tugaşi bilan, u svetsiz qoladi.
Kun.uz bu mavzuda Çiqindilarni boşqariş agentligi direktori Şarifbek Hasanov, agentlik mas’ullari hamda tizimda qator muammolar borligini aytayotgan iqtisodçi Otabek Bakirov iştirokida jonli efirda suhbat taşkil etdi. Quyida suhbatdan qisqa şarh keltiriladi.
Yangi tartib nima sabab svetga boğlab qöyildi?
Şarifbek Hasanov suhbat avvalida vaziyatni tuşuntirarkan, aholining çiqindidan qarzdorligi yuqori ekaniga urğu berdi.
“Çiqindi böyiça juda köp yillardan beri tölanmay kelayotgan debitor qarzdorliklar mavjud. Oddiy fuqarolar uçun [kişi boşiga oylik tölov] 4000 söm, bir xil joylarda tarif hali ham oşgani yöq, ana şu 4000 söm bölişiga qaramasdan, tölaşmaydi. Lekin köçaga çiqib, çiqindiçilarning ahvolini bir köradigan bölsangiz, juda ham oğir ahvolda işlaşadi. Oyliklari juda ham past.
Bunga davlat rahbarining özi siyosiy iroda qilib, çiqindi tölovini elektrga ulaş böyiça birinçi farmonni belgilab berdi va bundan keyin qonun qabul qilindi. Qonundan keyin elektrga ulanişi böyiça aniq dasturlar belgilab olindi. Biz “Hududiy elektr tarmoqlari” bilan birga işlab, öşa texnik jihatdan hamma narsalarni yölga qöydik”, – dedi u.
Hasanovga köra, çiqindini olib ketiş böyiça xizmat körsatilmasa ham, tölov yozib borilişi holatlariga yangi tizim bilan çek qöyiladi: çiqindi taşuvçi maşinalarga GPS örnatilgan bölib, agar maşina belgilangan joyga bormasa, u holda iste’molçilarga tölov hisoblanmaydi.
















