Jahon bozorlarida neft sezilarli arzonlaşganiga qaramay, Özbekistonda benzin narxlari yangi rekordlarni yangilayapti. Iqtisodçi Otabek Bakirov şunday şaroitda xuddi paxta narxini jahondagi narxlar bilan boğlagan kabi, AI-92 benzini narxini ham Brent nefti narxiga boğlab qöyişga çaqirdi.

11 avgust kuni “Özbekneftgaz” kompaniyasi “AI-92 benzini narxi arzonlaştirildi” degan sarlavhali bayonot tarqatdi.

Bayonotda Buxoro neftni qayta işlaş zavodida işlab çiqarilgan AI-92 rusumli avtobenzinning birja savdolaridagi boşlanğiç narxi tonnasiga 12 mln 881 ming sömdan 12 mln 628 ming sömgaça yoki 2 foizga tuşirilgani aytilgan.

“Bu, öz navbatida, 1 litr AI-92 markadagi avtobenzinning birjadagi boşlanğiç narxi 9 400 söm degani”, deyiladi kompaniya xabarida.

“Özbekneftgaz” yuqori oktanli yoqilği narxlarini bosqiçma-bosqiç pasaytiriş işlari davom ettirilişini bildirgan.

“Çalğituvçi raqam”

Tovar-xomaşyo birjasi 11 avgust kungi savdolar haqida hali axborot bermadi. 8 avgustdagi savdolar böyiça bugun joylangan axborotga köra, juma kuni birjada AI-92 benzinining örtaça narxi bir kun oldingidan 2 foizga oşib, 13 mln 314 ming sömga yetgan. Bu – narx rekordi yana bir bor yangilanganini körsatadi.

Iqtisodçi Otabek Bakirovning e’tibor qaratişiça, birjada AI-92 avgust oyi boşidan beri 4,7 foizga qimmatlagan. Bu markadagi benzin bahosi oçiq e’lon qilina boşlagan 2024 yil 4 noyabrdan buyon esa narxlar 12,6 foizga oşgan. Bu davrda Brent tipidagi oliy navli neft narxi 22,4 foizga arzonlagan, dollar kursi esa deyarli özgarmagan.

Şuningdek, Bakirov bir qator omillar sabab AI-92 benzini bahosi “Özbekneftgaz” e’lon qilgani kabi har bir litri uçun 9 400 söm emas, balki undan ança qimmatroq böladi, deb hisoblayapti. Bunda iqtisodçi benzin birjada litrlab emas, tonnalab sotilişi, transport xarajatlari, iste’mol soliği, AYoQŞlarning içki çiqimlari va foydasi kabi omillar sabab narx 10 600 söm atrofida şakllanişini prognoz qildi va rasmiylar aytayotgan 9400 sömni çalğituvçi raqam deb atadi.