2020 yilning oktyabr oyiga qadar paxta yoği narxida barqarorlik saqlanib qolayotgandi. Buning sababi nimada?

2019 yil paxta hosilidan olingan çigit xomaşyosi asosan 2019 yil oktyabr oyidan 2020 iyun oyigaça bölgan davrda qayta işlandi, bu vaqt mobaynida 1 kg paxta çigitining narxi örtaça 1,9 ming sömni taşkil etgan. Şu bois paxta yoğining narxi yil davomida barqaror saqlanib qolgan, ya'ni 1 litr paxta yoği örtaça 8-8,5 ming sömdan birja savdolari orqali sotilgan.

Ötgan yil kuzda paxta çigiti narxi 60-65 foizga oşib, paxta yoği 25-30 foiz qimmat sotildi. 2020 yilning noyabr va 2021 yilning fevral oyiga qadar 1 kg çigit 3,2 ming sömdan sotildi, 1 litr paxta yoğining narxi örtaça 12,0-13,0 ming sömdan birja savdolariga qöyildi va bu davrda narx barqarorligi saqlanib qoldi.

2021 yil aprel oyida paxta yoği narxi keskin oşganining sababi nimada?

Mart oyida 1 kg paxta çigiti 3,4 ming sömdan, aprel oyida esa 5,6 ming sömdan birja savdolari orqali sotildi. Natijada ayrim yoğ-moy korxonalari işlab çiqariş xarajatlarini hisobga olgan holda 1 litr paxta yoğini 18,0-19,0 ming sömgaça bölgan narxda birja savdolariga qöydi. Ötgan oyga nisbatan paxta yoği keskin qimmatlaganini köriş mumkin.

Kun.uz bilan suhbatda bölgan yoğ-moy sohasida uzoq yillik tajribaga ega mutaxassis Faxriddin Kalonovning hisob-kitoblariga köra, 1 kilogramm paxta çigiti 5,6 ming sömdan xarid qilinsa, bir litr paxta yoğini 20 ming sömdan sotgan taqdirda ham, korxona zararga işlaydi. Buning qisqaça arifmetikasi şunday:

1 tonna paxta çigiti va uni qayta işlaş narxi taxminan şunçaga tuşadi:

  • 1 kilogramm paxta çigiti 5,6 ming sömdan birja savdolariga qöyilmoqda, şunda 1 tonna paxta çigitining narxi 5 million 600 ming sömni taşkil etadi.
  • 1 tonna çigitni qayta işlaş xarajati (barça soliqlar, iş haqi va boşqa xarajatlar bilan birgalikda) 1,0 million sömga töğri keladi.
  • Şunda 1 tonna çigitni qayta işlaş böyiça jami xarajat 6,6 million söm böladi.

1 tonna çigitdan olinadigan mahsulot va uning narxi quyidagiça şakllanadi:

  • 1 tonna çigitni qayta işlaşdan 170 kilogramm paxta moyi olinadi, uning 1 kilogrammi 20,0 ming sömdan sotilganda 3,4 million sömni taşkil etadi.
  • 450 kilogramm şrot olinadi, bu mahsulotning 1 kilosi 3,5 ming sömdan sotilganda 1,575 million sömga töğri keladi.